Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Yuqori polisaxaridlar 
о‘z navbatida ikki guruhga bо‘linadi: 
a) Galopolisaxaridlar - bir xil qand qoldiqlaridan tashkil topgan glikonlar (kraxmal, glikogen, 
dekstrin, sellyuloza) fruktozadan tashkil topgan polifruktozalar (inulin) va boshqalar.
b) Geteropolisaxaridlar - ikkita turli qand qoldiqlaridan tashkil topgan (glyukoza va 
mannozadan tashkil topgan - glyukomannon-eremurron; galaktoza va mannozadan - 
galaktamannonlar), bir nechta monosaxaridlar qoldiqlaridan tashkil topgan (о‘simlik 
shilliq 
moddalari, daraxt yelimlari
) moddalardir.
Polisaxaridlardan meditsinada hamda farmatsevtikada kraxmal, shilliq moddalar, daraxt 
yelimlari va pektin moddalar ishlatiladi.
Kraxmal - Atulit 
(S6N10O5)n Kraxmal o‘simliklarda eng ko‘p tarqalgan moddalardan hisoblanadi. U ayrim 
o‘simliklarda 86% gacha to‘planishi mumkin. Kraxmal ma’lumki, fotosintsz natijasida 
o‘simlikni xlorofilli bor joyida hosil bo‘lib so‘ngra o‘simlikni meva, urug‘ida va yer ostki 
qismlarida to‘planadi. Ba’zan poyada ham to‘planishi mumkin (palmani ayrim turlari). 
O‘simlik uchun kraxmal zapas ozuqa sifatida xizmat qiladi.
Ishni bajarish: Kraxmal olish usullari 
bir necha bo‘lishi mumkin. Masalan, kartoshka 
tuganagidan kraxmal olish uchun kartoshka qirilada va maxsus moslamada suv bilan bir 
necha marotaba yuviladi. Yuvilgan suvni esa tindiriladi. Kraxmal esa cho‘kib qoladi. Suvni 
to‘kib tashlanadi va kraxmal quritiladi. Olingan kraxmalda namlik 20% gacha bo‘lishi 
mumkin.
Urug‘ mevalardan kraxmalni ajratib olishga oqsil moddalar va boshqa suvda erimaydigan 
moddalar halaqit qiladi. Shuning uchun meva va urug‘ni idishda uzoq vaqt suvda achitiladi. 
Natijada oqsil moddalar va boshqalar suvda eriydigan moddalarga pachalanadi va cho‘kkan 
kraxmaldan yuqoridagi usul bilan ajratib olinadi va quritiladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin