Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Ishlatilishi. 
Kraxmal 
boshqa moddalar bilan barcha chaqaloqlarga sepiladigan poroshok va teriga 
surtiladigan moylar tayyorlashda ishlatiladi.
Me’da va ichak kasalliklarida kraxmalni qaynatib tayyorlangan 
eritmasi - Decoctum 
(Mucilago) Amyli beriladi, Kleyster shimdirilgan bint travmatologiyada ishlatiladi.
Dekstrin - Dextrinum eritmasi yelim sifatida ishlatilada. 
Tarkibida yog‘ va yog‘simon moddalar bо‘lgan о‘simliklar va mahsulotlar
Kimyoviy tuzilishi, fiziologik va biologik xususiyatlari turlicha bо‘lgan, lekin fizik xossalari 
umumiy bо‘lgan yog‘ yoki yog‘simon moddalardan tashkil topgan, о‘simlik va hayvonlardan 
olinadigan murakkab organik birikmalar aralashmasiga 
lipidlar 
deyiladi. Ular sovuq suvda 
erimaydi yoki yomon eriydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Lipidlar quyidagi gruppalarga bо‘linadi

1. Oddiy lipidlar

Bu gruppaga yuqori molekulali yog‘ kislotalarining ayrim spirtlar bilan 
hosil qilgan murakkab efiriga aytiladi. Masalan triglitsiridlar, mumlar (bir atomli yuqori 
molekulali) spirtlar bilan yog‘ kislotalarning murakkab efiri va boshqalar. Mо‘mlarga 
sterinlarni yog‘ kislotalari bilan hosil qilgan murakkab efiri ham kiradi.
2. Murakkab lipidlar

Bu gruppadagi lipidlarning molekulasi tarkibiga yog‘ kislotalari va 
spirtlardan tashqari yana fosfat, sulfat kislotalarning qoldiqlari, azot saqlovchi asoslar, 
qandlar, fosfolipidlar, sulfolipidlar, serebrozid va gangliozidlar va boshqalar kiradi.
3. 
Lipidlarning boshqa turlari

Bu gruppadagi lipidlarga yuqorida kо‘rsatilgan lipidlarni 
biosintezi yoki parchalanishidan hosil bо‘lgan oraliq moddalar kiradi. Masalan mono, 
diglitseridlar, sterinlar, vitamin A, zeaksantinlar, yog‘da eriydigan vitaminlar D, YE, va K, 
yuqori molekulali uglevodlar, glitserinning oddiy efirlari kiradi.
Farmatsevtika amaliyotida lipidlar dorivor moddalar, surtma va boshqa dorilar tayyorlash 
uchun asos, erituvchi va biriktiruvchi vosita sifatida qо‘llaniladi.
Yog‘lar о‘simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan bо‘lib ular uchun asosan jamg‘arma 
ozuqa moddasi bо‘lib xizmat qiladi.


Yog‘lar murakkab organik aralashma bо‘lib ularning asosini glitseridlar tashkil qiladi.
Glitseridlar tarkibida 30 dan ortiq kislotalar bо‘lsa ham asosan 8 tasi kо‘p uchraydi bularga 
quyidagilar kiradi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin