Geografik tarqalishi. О‘rta Osiyo tog‘larida, Ozorbayjon va Armanistonda achchiq
bodom yovvoyi holda 800 - 1800 m balandlikda о‘sadi.
Achchiq va chuchuk bodom О‘rta Osiyo, Kavkaz va Qirimda kо‘p о‘stiriladi.
Mahsulot tayyorlash. Pishgan bodom qoqib teriladi, pо‘stidan ajratib, chaqib danagi yig‘iladi.
Mahsulotning tashqi kо‘rinishi. Tayyor maxsulot danakdan ajratib olingan
tuxumsimon chо‘ziq, yassi bodom urug‘idan iborat. Bodom ururi usti g‘adur - budur pо‘stli
bо‘lib uzunligi 2 sm, eni esa 1,5 sm.
Kimyoviy tarkibi. 45 - 62% moy, vitamin V2, 20% oksil, 2 - 3% qand va emulsin
fermenti bо‘ladi. Achchiq bodom urug‘ida 2,2 - 3,5% amigdalin glyukozidi uchraydi. Bodom
moyi sovuq presslash usuli bilan ajratib olinadi. Moy olinayotganda suv aralashib ketsa
amigdalin parchalanadi va ajralib chiqqan moddalar moyga о‘tadi va moy zaxarli bо‘lib
qoladi.
Ishlatilishi. Urug‘dan tayyorlangan emulsiya me’da va ichak og‘riqlarini qoldirish
uchun, moyi esa ichni yumshatuvchi dori sifatida qо‘llaniladi. Bodom moyi ayrim dorilarni
eritish (kamfora) va maz tayyorlashda ham kо‘llaniladi.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 1. Polisaxaridlar nechta guruhlarga bо‘linadi?
2. Kartoshka tuganagidan kraxmal olish uchun nima ishlarni bajarish kerak?
3. Kraxmal xalq ho’jaligiga qanday maqsadlarda foydalaniladi?
4. Lipidlar qanday gruppalarga bо‘linadi.?
5. Yog‘ olish usullarini sanang
6. О‘simliklarda moylar miqdorini aniqlash usullarini yoriting.
7. Yog‘lar tarkibidagi sovun aralashmasini aniqlash mumkinmi.
Mavzu: Moddalaming tozalashning xromatografiya usullari.