Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR 
1
.Xromatografiya tarixi haqida aytib bering. 
2. Xromatografiya usullari va ulami amaliyotda qo ‘llash jarayonlarini aytib bering. 
3. Adsorbsion xromatografiya haqida ma 'lumot bering. 
4. Ion almashinuv xromatografiya usulini gapirib bering. 
Mavzu: Hayvon organlarini ektratsiyaga tayyorlash. 
Amaliy mashgulotning qisqacha bayoni. 
Mol, cho'chqa, qo'y go'shtini turlicha ko'rinishda, 
ya'ni nimtalanmagan va nimtalangan holda, qadoqlangan holda, boshqa tur hayvon go'shtini 
sovutilgan, muzlagan, dudlangan, tuzlangan va so'ldirilgan holda sotuvga chiqariladi. 
Submahsulotlar sovutilgan, muzlatilgan va tuzlangan holda chiqariladi. Ular asosan: 
til, jigar, buyrak, miya, yurak, yelin, diafragma, go'sht-suyakli dum, cho'chqa kallasi, mol 
oyoqlari, qo'y va cho'chqa oyoqlari, o'pka, quloq, cho'chqa oshqozoni, katta qorin, lablar, 
siqma, traxeya, qora jigar (taloq)lardan iborat. Xom moy: mol va cho'chqaning yog'i, I va II 
navli qo'y moyi, dumba, cho'chqa yog'i. Qizdirilgan moy: mol, cho'chqa va qo'y moyi, 
shuningdek, turli navdagi suyak moyi. 
Kolbasa mahsulotlari: qaynatilgan chala dudlagan, dudlangan, qiymalangan, liver va 
qon kolbasasi, sosiska, sardelka, go'sht noni va pashtetlar. Cho'chqaning dudlangan 


mahsulotlari: okorok, rulet, bujenina, vetchina (turli shaklda), sheyka, filey, bekon, koreyka, 
grudinka, rulki va golyashkalar.
Molning dudlangan mahsulotlari: ruletlar, go' sht va h.k. Qo'yning dudlangan 
mahsulotlari: okorok, ruletlar va grudinka. Mol, cho' chqa va qo 'y go' shtidan tayyorlangan 
yarim fabrikatlar va oshxona uchun ishlatiladigan go'sht va tugilgan tayyor chuchvaralar. 
Barcha turdagi chorva hayvonlari va parrandalaridan tayyorlangan go'sht konservalari, 
makaronli go'sht konservalari, o'simlik (sabzavot aralashtirilgan) go'sht konservalari. 
Konsentratlar: go'sht" kukuni, sho'rva kubiklari, go'sht va sabzavotdan tayyorlangan suyuq 
taomlaming quritilgan va qadoqlangan turlari. Iste'mol uchun albumin va jelatin.
Texnik mahsulotlar sifatida quyidagilar ishlab chiqariladi: Barcha tur hayvon ichaklari 
(tuzlangan va quritilgan holda. Ulardan cholg'u asboblarining torlari yasaladi). Tuzlangan 
hayvon terilari (mol, qo'y, cho'chqa va boshqa tur hayvonlamiki bo'lishi mumkin). Cho'chqa, 
mol, qo'y va boshqa tur hayvonjuni. Texnik yog'lar, moylash uchun foydalaniladigan hayvon 
yog'lari. • Hayvonlar uchun oziqabop un, shuningdek, go'sht uni, go'sht-suyakuni, qon uni, 
o'g'it uchun chiqitlar. • Qondan tayyorlangan fabrikatlar: texnik albumin, hayvon va 
parrandalar uchun ozuqa qo'shimtalari. Yelim, texnik jelatin va sovunlar shular jumlasidandir. 
Tibbiyotda foydalaniladigan preparatlar, dorilar va maxsus mahsulotlar: • Tayyor 
holda, davolash uchun preparatlar. Ichki sekretsiya bezlaridan tayyorlangan yarim fabrikatlar. 
Ferment mahsulotlari va boshqalar. Keng miqyosda foydalaniladigan mahsulotlar: ulaming 
nomlari va assortimenti ko'p bo'lgani holda, asosan hayvon suyaklari va shoxlari hamda 
tuyoqlaridan tayyorlanadi. Go'sht sanoati oldida turgan eng muhim masala xalqimizni yarim 
tayyor va iste'mol uchun tayyor mahsulotlar, bolalar va qariyalar uchun parhez oziqovqat 
turlarini ishlab chiqarishni jadallashtirish hisoblanadi. Ishlab chiqarilgan mahsulot o'zining 
yuqori sifatliligi, oqsil, vitamin va mineral moddalarga boy bo'lishi bilan dunyo standartlari 
talabiga javob bera olishi kerak. Tayyor mahsulotlar chiroyli va ixcham idishlarga solingan 
holda qadoqlangan va xaridorgir bo'lmog'i lozim. Bu borada bizning korxonalar va fermer 
xo'jaliklari chet mamlakat investorlari bilan qo'shma korxonalar barpo etmoqlari kerak. 
Ulardagi barcha zamonaviy texnika va texnologiyani O'zbekistonga olib kelish va unga mos 
laboratoriya xonalarini qurish va foydalanishga topshirish ishlarini jadallashtirish hayot 
taqozosidir.
«Kolbasa», deb po'stloqqa o'ralgan yoki o'ralmagan holda, issiqlik yordamida ishlov 
berilgan va iste'mol uchun tayyorlangan go'sht qiymasiga aytiladi. Kolbasa o'zining 
to'yimliligi, mazasi va yoqimliligi bilan boshqa turdagi go'sht mahsulotlaridan ajralib turadi. 
Uni tayyorlashda go'sht tarkibidagi suyak, tog'ay, chandir, biriktiruvchi to'qimalari olib 
tashlanadi hamda unga tez va yaxshi hazm bo'ladigan cho'chqa yog'i va turli ziravor 
qo'shimchalar solinadi. Kolbasa tayyorlashda past navli yog'siz, oriq hayvon go'shtlari, go'sht 
chiqitlari va subproduktalar ham ishlatilishi mumkin. Ulaming oziqlik qiymati, hazm bo'lishi 
va kalloriyasi tayyor mahsulotda birmuncha yuksak darajada bo'ladi. Qiymalangan go'shtga 
turli xildagi oziqaviy qo' shimchalaming (qon, yog'sizlantirilgan sut, sut zardobi, soya oqsili 
va h.k.) qo'shilishi uning biologik qiymatini va xushxo'rlik xususiyatini oshiradi. 
Ishlatiladigan mahsulotning sifati unga ishlov berish usuliga ko'ra tayyorlanadigan kolbasalar 
bir qancha guruhlarga bo'linadi.


Masalan, qaynatilgan, chala dudlangan, dudlangan (xomligicha dudlangan va qaynatib 
dudlangan), qiymaligicha, sosiskalar, sardelkalar, go'sht nonlari, liver kolbasalar, pashtetlar, 
qondan tayyorlangan kolbasalar va dildiroq kolbasalar shular jumlasidandir. Go'sht sanoati 
tomonidan barcha turdagi chorva hayvonlar (qo'y, yilqi, tuya, bug'u, parranda, quyon va h.k.) 
Go'shtidan ham kolbasalar tayyorlash ishlari qo'llaniladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin