Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Nazorat uchun savollar 
1.Hayvon organlarini ektratsiyaga tayyorlash nimalardan iborat.
 
2. Kolbasa tayyorlashda qanday xom ashyolardan foydalaniladi?
3. Kolbasa uchun ishlatiladigan subproduktlar to'g'risida tushuncha bering?
4. Kolbasa tayyorlashda qanday yordamchi xom ashyolardan foydalaniladi?
Mavzu: Mahsulotni quritish jarayonini o‘rganish. 
Mashg’ulotning qisqacha bayoni:
Biotexnologiyada mahsulotni quritishda uning 
turii xil fizik va kimyoviy, biologik xossalaii, qovushqoqligi, agar mahsulot tirik organizmlar 
majmuasidan iborat bo‘lsa ulaming tirikiigining saqlanishi kabi xususiyatlarini hisobga olgan 
holda turii xil usullardan foydalaniladi. 
Qattiq va pastasimon materiallardan namlikni ketkazish: 
- materiallarni tashishni osonlashtiradi va arzonlashtiradi; 
- materiallar kerakli texnologik xossalarga ega bo‘ladi; 
- materiallarning saqlash muddati ortadi; 
- materiallar saqlanishi va qayta ishlanishi davomida apparatlar va trubalarni emirmaydi 
(korroziya). Biror materialdagi namlikni mexanik usullar (siqish, tindirish, filtrlash, 
sentrifugalash) bilan ketkazish mumkin. 
Biroq materialni to‘liq suvsizlantirish uchun undagi namlikni bug‘latish va 
bug‘ni ketkazish zarur. Bu jarayon 
quritish 
deyiladi. 


Biotexnologiya va kimyo-farmatsevtika sanoatida ishlab chiqariladigan mahsulotlarni 
quritish murakkab texnologik jarayon hisoblanadi. Mahsulotlarni quritishda ularning fizik-
kimyoviy va biologik xossalari inobatga olinadi. Kimyo-farmatsevtik va mikrobiologik sintez 
asosida olinadigan mahsulotlar 
quyidagi sinflarga bo‘linadi: 
- yuqori biologik faolligini saqlash shart bo‘lmagan mahsulotlar (ozuqa drojjilari, 
polisaxaridlar va boshq.). Bu mahsulotlarni quritishda nisbatan qattiqroq texnologik 
sharoitlarni (yuqori bosim, temperatura va x.k.) tanlash mumkin; 
- yuqori biologik faolligini saqlash shart bo‘lgan mahsulotlar (fermentlar, antibiotiklar, fenol 
birikmalari, oqsillar, aminokislotalar va x.k.). Bunday mahsulotlarni yumshoqroq sharoitda 
quritish zarur. Shuning uchun ularni quritishda vakuum, sublimatsion, purkagichli quritkichlar 
ishlatiladi.
Quritish tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdagi oxirgi jarayondir. Mahsulotdagi 
namlik dastlab arzonroq mexanik usulda (filtrlash) ketkaziladi. So‘ngra ma’lum bir quritish 
usuli tanlanadi. Jarayon iqtisodiy jihatdan kam xarajatli bo‘lishi uchun ikkala usuldan 
foydalanilgani maqsadga muvofiq. Sanoatda, qoidaga ko‘ra, mahsulot maxsus quritish 
apparatlarida sun’iy yo‘l bilan quritiladi. Chunki tabiiy usulda quritish ko‘p vaqt talab etadi. 
Quritish murakkab diffuzion jarayondir. Quritish jarayonining tezligi quritilayotgan 
materialning ichki qismidagi namlikni tashqi muhitga diffuziyalanishi bilan aniqlanadi. 
Quritishda ham issiqlik, ham massa almashinuvi sodir bo‘ladi. 
Quritilayotgan materialga issiqlikni uzatish turiga ko‘ra quritish quyidagi turlarga 
bo‘linadi: 

konvektiv 
– qurituvchi agent (havo va boshqa gazlar) quritilayotgan material 
bilan bevosita to‘qnashadi; 

kontaktli 
– issiqlik tashuvchi agent issiqlikni u bilan quritilayotgan material 
o‘rtasidagi devor orqali uzatadi; 

radiatsion 
– issiqlikni infraqizil nurlar orqali uzatish; 

dielektrik 
– materialni yuqori chastotali tok yordamida isitish; 

sublimatsion 
– past harorat va vakuumda quritish. 
Radiatsion

dielektrik 
va 
sublimatsion 
quritish maxsus quritish usullari bo‘lib, ular kamdan-
kam xollarda qo‘llaniladi.Quritish usuli va quritkich apparat ishlab chiqarish masshtabidan 
kelib chiqqan xolda tanlanadi. Texnik-iqtisodiy xisob-kitoblarga qaraganda, soatiga 3500 kg 
mahsulot ishlab chiqaradigan kichik korxonalar seriyali quritkich apparatlar bilan jihozlanishi 
zarur. Yirik sanoat korxonalarida quritish jarayoni mahsulotning hamda ishlab chiqarishning 
o‘ziga xos tomonlari inobatga olingan xolda ishlab chiqiladi va tashkil etiladi. Quritkich 
apparatning samaradorligi ikki ko‘rsatkich bilan aniqlanadi: solishtirma namlikni ketkazish va 
1 kg namlikni bug‘latish uchun sarf bo‘ladigan issiqlik. Biroq bu ikki ko‘rsatkich bo‘yicha 
quritkich apparatni tanlash har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Sababi, jarayonning 
texnologik, teplotexnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini ham xisobga olish zarur. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin