Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Quruq tuxum mahsulotlari. 
Qaysi xomashyo ishlatilishiga qarab 
tuxum kukuni 
(tuxum oqi bilan sarig'ining aralashmasi), 
quruq tuxum oqi, quruq tuxum sarig'i, 
shuningdek, 
tuxum massasi va tabiiy yoki yog'sizlantirilgan sut bilan 
aralashmasi-tuxum quymoq 
ko'rinishida ishlab chiqariladi. Tuxum massasi pasterizatsiyalanadi va issiq havo bilan 
plyonkali va purkash usulida quritiladi. Suvsizlantirish jarayoni bir lahzadan, quritish 
zonasidagi harorat 50 
o
C dan oshmasligi oqsil moddalari tabiiy xossalarining saqlanishiga 
imkon yaratadi. Tuxum kukuni aralashmasining rangi butun massa bo'yicha och sariq, 
strukturasi kukunsimon, qumoqlari oson eziladigan, ta'mi va hidi quritilgan tuxumga xos 
bo'ladi. Tuxum kukunining eruvchanligi 85 % dan kam emas, namligi 9 % gacha, quruq 
moddalarga hisoblanganda oqsil miqdori 45 % dan, yog' - 35 % dan kam emas, kul miqdori 4 
% gacha; kislotaliligi 10 % dan ko'p bo'lmasligi kerak. Tuxum kukuni qog'oz paketlarda 100 
va 200 g dan, faner barabanlarda va shtamplangan bochkalarda 25 kg dan, germetik tunuka 
bankalarda 10 kg dan, karton qutilarda 250 g dan qilib chiqariladi. Barabanlar, bochkalar, 
karton qutilarning ichi pergament yoki parafinlangan qog'oz bilan yopilgan bo'ladi. 


Namlangan, mog'orlagan, begona hidli, kuygan va rangi o'zgargan tuxum kukuni qabul 
qilinmaydi.
Muzlatilgan tuxum mahsulotlari havoning -12 
o
C haroratida va 85 % nisbiy namligida 8 
oygacha, -18 
o
C da 15 oygacha; tuxum kukuni 10 dan -2 QC gacha haroratda germetik 
mahkamlangan idishda 1 yil, nogermetik idishda 8 oy saqlanishi mumkin. Muzlatilgan tuxum 
mahsulotlarida past haroratlarda 3 oydan ortiq saqlanganda tuxum sarig'i jelelanadi, tuxum 
oqida sekin boradigan denaturatsiyalanish jarayoni hisobiga oq tolalar hosil bo'ladi. Quritilgan 
tuxum' mahsulotlari uzoq vaqt saqlanganda ularning eruvchanligi o'zgaradi. 
Harorat va tuxum kukuni namligi qanchalik yuqori bo'lsa, uning eruvchanligi va 
ko'pik hosil qilish qobiliyati shunchalik pasayadi. Tuxum kukuni saqlash vaqtida 
karotinoidinlarning oksidlanishi va melanoidinlar hosil bo'lishi natijasida rangi qorayib 
boradi. Uzoq vaqt saqlash davomida kukunda baliq hidi paydo bo'lishi lesitinning 
parchalanishi bilan tushuntiriladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin