Kamqonlikda, asab tizimi kasalliklarida, gastritda, oshqozon va o'n ikki barmoqli ichakning
yara kasalligida tuxumni ko'proq miqdorda iste'mol qilish, tavsiya etiladi.
Tuxumning turlari.
Saqlash usuli va muddatiga ko'ra tuxumlar parhezbop, yangi,
sovitgichda saqlangan va ohaklangan turlarga bo'linadi.Parhezbop tuxumlar deb massasi
kamida 44
g,
tovuq tuxum qilgan kundan tashqari 7 kundan kechikmasdan iste'mol
qilinadigan va sovitgichda saqlanmagan tuxumlarga aytiladi.Yangi tuxumlarga -1°C dan -2°C
gancha haroratda 30 sutkagacha saqlangan tuxumlar kiradi. Sovitgichda saqlangan
tuxumlarga shu haroratlarda bir oydan ortiq saqlangan tuxumlar kiradi.
Ohaklangan tuxumlarga ohak eritmasida saqlangan tuxumlar kiradi;
ularning po'chog'i yupqa, nozik bo'ladi, qaynatilishidan oldin tuxum yorilib ketmasligi uchun
igna bilan teshib qo'yiladi. Ko'p turg'un ko'pik hosil qiladigan oqsilga ega parhezbop va yangi
tuxumlar kuvlatilgan oqsilli yarimtayyor mahsulotlar tayyorlashda ishlatiladi. Sovitgichda
saqlangan va ohaklangan tuxumlar qandolat va bulka mahsulotlari tayyorlashda
ishlatiladi.Parhezbop tuxumlar massasiga ko'ra, qolgan tuxumlar massasi va sifatiga ko'ra I va
II kategoriyalarga bo'linadi.
Tuxumning sifatini baholash.
Qabul qilishda tuxumning turi va kategoriyasini aniqlash
uchun har bir o'ninchi quti ochiladi va 50 donadan tuxum olinadi. Kategoriyasini aniqlash
uchun har 10 tuxumdan bittasi o'1chanadi, ovoskopda yoritish bilan tuxum sarig'ining
ko'rinuvchanligi, harakatlanishi va holati, oqsilning holati, havo kamerasining o'1chami
aniqlanadi. Quyidagi nuqsonlarga ega bo'lgan tuxumlar ishlatilmaydi: oqi sarig'i bilan
aralashgan tuxumlar; ovoskopda yoritilganda qizil halqa shaklidagi qon tomirlariga; po'choq
ostida tuxumning 118 dan kattaroq qismini tashkil qiladigan mog'or dog'ga; o'tkir qo'lansa
hidga ega tuxumlar. Bu tuxumlar texnikaviy maqsadlarda ishlatiladi. Sanoatda qayta ishlashda
va umumiy ovqatlanishda massasi 43 g dan kam bo'lgan, ifloslangan, havo kamerasining
balandligi 13 mm dan yuqori, po'chog'i shikastlangan, oqi va sarig'i qisman aralashgan,
po'choq ostida o'1chami 118 gacha qismini tashkil qiladigan mog'or dog'lariga ega bo'lgan,
sarig'i po'chog'iga yopishgan, havo kamerasi ko'chib yuruvchi tuxumlar ishlatiladi. Bu
nuqsonlarga ega tuxumlar kam qimmatli hisoblanadi. Parhezbop tuxumlarning po'chog'i toza,
butun, mustahkam, havo kamerasi balandligi 4 mm gacha qo'zg'almas bo'lishi kerak. Ularning
sarig'i qattiq, chegaralari sezilmas, markazda joylashgan qo'zg'almas, oqsili zich, yorug'lik
o'tadigan bo'ladi. I kategoriyadagi bitta tuxumning massasi 54 g, 11 kategoriyadagi
tuxumlarning massasi 44 g dan kam bo'lmasligi lozim. Yangi, sovitgichda saqlangan va
ohaklangan I kategoriyadagi tuxumlarning po'chog'i toza, qattiq, butun, havo kamerasi 7 mm
gacha, harakatsiz, sovitgichda saqlangan va ohaklangan tuxumlarda-9 mm gacha, biroz
harakatlanuvchan, sarig'i mustahkam sezilmas, markazda joylashgan yoki biroz chetga
chiqqan bo'ladi. Yangi tuxumlarning oqi zich, yoritiladigan, sovitgichda saqlangan va
ohaklangan tuxumlarning mustahkamligi kam, yoritiladigan bo'ladi. Bitta tuxumning massasi
48 g dan kam bo'lmasligi kerak. 11 kategoriyadagi yangi tuxumlarning po'chog'i toza, tabiiy,
qattiq, alohida nuqtalar holidagi iflosliklar, havo kamerasi biroz qo'zg'aluvchan, sovitgichda
saqlangan va ohaklangan tuxumlarniki qo'zg'aluvchan, ko'chib yuruvchi balandligi 13 mm
gacha, sarig'i kuchsizlangan, aniq ko'rinadigan, oson kO'chadigan bo'ladi, oqsili kuchsiz,
yoritiladigan, suvsimon bo'lishi mumkin. Bitta tuxumning massasi 43 g dan kam
bo'lmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: