Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Mavzu: Oqsil miqdorini aniqlash



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

 
Mavzu: Oqsil miqdorini aniqlash 
Mashg'ulotning qisqacha mazmuni: 
Oqsilni miqdor jixatdan aniqlash usullari ichida 
keng tarqalgan va yuqori sezgirlikka ega bо‘lgani Louri usulidir . Bu uslub bilan eritma 
tarkibidagi 1ml da 10-20 mkg oqsil miqdorini aniqlash mumkin. Louri usuli bir vaqtning 
о‘zida ikki xil , yani biuret reaksiyasi xamda tirozin va sisteinlarga hos Folin reaktivi bilan 
beradigan rangli reaksiyaga asoslangan. Fosfovolframat va fosfomolibden kislotalari 
aralashmasi (Folin reaktivi) qaytarilganda oryuidqagi aminokislotalarning radikallari bilan 
birikib, kо‘k rangli kompleks hosil qiladi. Bu qaytarilish reaksiyasida mis sulfatning 
ishqordagi eritmasi oqsil bilan hosil qilgan misli kompleksi ishtrok etadi. 
Kerakli jixozlar. 
FEK, sentrifuga, tarozilar, chinni xovoncha, 25,50,100 ml silindirlar, probirkalar, pipetkalar 
Reaktivlar. 
1. 0,1n natriy ishqori eritmasi 
2. 0,9% natriy xlor eritmasi. 
3. suvsiz natriy karbonat angidridi 
4. natriy limon kislotasi 
5. mis sulfat 
6. natriy volfromat 
7. natriy molibdat 
8. 85% li ortofosfat kislota eritmasi. 
9. konsentrlangan xlorid kislotasi. 
10. sulfat litiy 
11. brom suvi, 2-3tomchi bromni 20ml distillangan suvga qо‘shiladi. 
12. 0,5%-fenolftalein eritmasi
13. A eritma-20g natriy karbonat angidridini 0,1n natriy ishqorini 1L – da eritiladi. 
14. B eritma- 10g natriy limon kislota tuzini 300ml distillangan suvdagi eritmasiga 5g mis 
sulfat qо‘shilib, eritma xajmini distillangan suv bilan 1 L ga yetkaziladi. 
15. Reaktiv S- ishlatilish oldidan 50 qism reaktiv A ni bir qism reaktiv B bilan aralashtirilgani 


16. Folin reaktivi. Reaktivni tayyorlash uchun 250ml li yumaloq tubli kolbaga 10g natriy 
volfromat, 2,5g natriy molibdat solib, ustiga 70ml distillangan suv qо‘shib, yaxshilab 
chayqatiladi. Aralashma ustiga 5ml 85%li fosfat kislota va 10ml konsentrlangan xlorid kislota 
qо‘shib, shlifli qaytar sovutgich о‘rnatib, 10 soat qaynatiladi. Shundan sо‘ng 15g litiy sulfat, 
5ml distillangan suv va 1 tomchi brom qо‘shiladi. Eritma sovutilgach xajmi 100ml ga 
yetkaziladi va kislotaliligi 1n yetguncha suyultiriladi. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin