Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


-usul:  Shampinyonlarni maxsus bо‘laklar, ya’ni bloklash usulida yetishtirish



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
biologik faol moddalar 2023 uum

4-usul: 
Shampinyonlarni maxsus bо‘laklar, ya’ni bloklash usulida yetishtirish
 
Maxsus bо‘laklar, ya’ni bloklash usulida shampinyonlarni yetishtirish yildan – yilga 
ommalashib bormoqda. Talabning ortib borishiga sabab oddiy va foydalanishda qulaylik 
tug‘diradigan bloklarda presslangan kompostdir. Bundan tashqari ular konteynerga joylash va 
tokchalarga terib qо‘yish usullarida ham foydalaniladi. 
5-usul: 
Shampinyonlarni konteynerga joylash usulida yetishtirish
 
Chet elda shampinyonlarni konteynerga joylash usulida yetishtirish keng ommalashgan. 
MDH davlatlarida bu usulni ayrim korxonalargina qо‘llaydi. 
Bunda shampinyonlarni maxsus konteynerga joylab, turli kasalliklarga qarshi ishlov 
beriladi. Bu kasalliklarga chalinish xavfini kamaytiradi. Natijada ishlab chiqarish rentabelligi 
ikki baravar ortadi. Yagona salbiy tomonini ta’kidlab о‘tish lozimki, bu - konteyner 
jihozlarining qimmatligidir. 
Shampinyonlar uchun kompost qanday tayyorlanadi? 
Shampinyonlar uchun kompostni tо‘g‘ri tayyorlash uchun poxolni taxminan bir sutka 
davomida ivitib qо‘yiladi. Quruq bо‘lmagan nam poxolni uch – tо‘rt qavat qilib, tо‘g‘rilab 
joylashtiriladi. Poxolni taxlash davomida ular qurib qolmasligi uchun yana namlanadi. Odatda 
100 kg qruq poxolga 400 litrgacha suv sarflanadi. Bunga 0,5 kg superfosfat va 2-2,5 kg 
mochevina qо‘shiladi. Barcha tarkibiy jamlanma 3-4 marta aralashtiriladi, birinchi marta gips, 
ikkinchisida — superfosfat, uchinchisida 5 kg gacha ohak va 8 kg gacha gips qо‘shib 
aralashtiriladi.
Yaxshi 
kompostning 
siri 
uning 
astoydil 
aralashtirilishidadir. 
Shundagina 
shampinyonlarni yetishtirish uchun qulay sharoit yaratilgan bо‘ladi. Kompostning yaxshi 
shamollatilashi uning sifatli bо‘lishini ta’minlaydi. 300 kg bu massaga ancha katta - 3 m

yuzaga ega bо‘lgan zamburug‘ olish mumkin. 

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin