mumkinligi isbotlangan. Suv о‘tlarini oqava suvlarda о‘stirish katta ahamiyatga ega. Masalan,
ssenedesmus yoki xlorella chorvachilik kompleksi oqava suvlarda о‘stirilganda 15 kun
davomida, iflos oqava suvlarni organik moddalardan butunlay tozalash mumkin, bunda suvni
rangi о‘zgarib, hidi yо‘qoladi. Suv о‘tlarini sanoat oqava suvlarida yoki issiqlik beruvchi
stansiyalarni oqava suvlarida о‘stirilganda ortib qolgan issiqlik hamda texnologik jarayonda
yoki har xil chiqindilarni yoqishdan paydo bо‘lgan karbonat angidridi ishlatiladi, oqibatda esa
qо‘shimcha biomassa olinadi.
Xlorella о‘stirish bо‘yicha eng yirik kompaniya – «Xlorella San Kompani» Yaponiyada
tashkil etilgan Bolgariyaning issiq suv tabiiy manbalarida xlorella va ssenedesmus о‘stirish
usullari yaratilgan. Shu mamlakat olimlari tomonidan qobig‘ida
sellyuloza saqlamaydigan
xlorella shtammlari yaratilgan, bu esa olingan biomassaning hayvon organizmida tez hazm
bо‘lishini ta’minlaydi. Spirulina markaziy Afrika va Meksikani ishqoriy tabiatli suv saqlagan
kо‘llarida kо‘plab ekilib, biomassa tо‘playdi. Spirulina biomassasidan oqsil va boshqa
mahsulotlar ishlab chiqaradigan eng yirik kompaniya Meksikaning «Sosa Tekskoko»
firmasidir. Italiyada dengiz suvlarida spirulina ekib о‘stirish hamda yopiq tipdagi
о‘stirgichlarda biomassa olish ustida ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.
Spirulina suv
о‘tining biomassasi oshqozon fermentlari tomonidan yaxshi parchalanishi hamda undagi oqsil
miqdori juda ham baland bо‘lib (70% gacha), organizm uchun zarur bо‘lgan
aminokislotalarga boy bо‘lganligi sababli, u oqsilga boy bо‘lgan konditer taomlar tayyorlash
uchun ishlatiladi. Spirulina servitamin va noyob yog‘ kislotalar manbai sifatida, tabletka
holatida tibbiyotda ham ishlatilib kelinmoqda. Sanoat sharoitida ishlatiladigan suv о‘tlarining
qо‘shimcha oqsil manbai sifatida chorvachilikda hamda odamlar ovqatlanishida
muvoffaqiyatli ishlatilishi dunyo olimlari oldida har xil yо‘nalishda ya’ni: seleksiya, genetika,
biokimyo va boshqa sohalarda izlanishlar olib borishning bosh masalalardan biri qilib qо‘ydi.
Maqsad yanada hosildorroq, fotosintezni
jadalroq olib boradigan, almashinmaydigan
aminokislotalarga boy, sovuqroq sharoitda ham yaxshi о‘sib rivojlana oladigan, organizmda
yaxshi sо‘riladigan, vitaminlarga boy shtammlar yaratishdir. Bunday maqsadga albatta gen
muhandisligi usullarisiz yetishish amri maholdir. О‘zbekistonda suv о‘tlaridan
unumli
foydalanish bо‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilgan. Yuqorida keltirib о‘tilganidek, bu
ishlarga akademik A.M.Muzaffarov boshchilik qilganlar. Bugungi kunda domlaning
shogirdlari b.f.d., professor X.A.Berdiqulov, b.f.d., professor R.SH.Shoyaqubov, b.f.d.,
professor J.Q.Qutliyev va boshqalar suv о‘tlari asosida yangi zamonaviy biotexnologiyalar
yaratish yо‘lida samarali mehnat qilmoqdalar.