yoyib qо‘yiladi va zamburug‘ mitseliyi sepiladi. Shampinyonlarni
yetishtirishning bu usuli
oddiy bо‘lganiga qaramasdan, bugungi kunda kamdan kam foydalanilmoqda.
Chunki
pushtalarni taxlash, zamburug‘ mitseliyini sepishda mablag‘ kо‘p talab yetiladigan va
sermashaqqat qо‘l mehnatidan foydalaniladi.
Bundan tashqari, foydalanilayotgan xonani
yaxshilab tozalashning imkoni yо‘qligi, tuproqda zamburug‘
hosildorligiga, uning sifatiga
salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi kasallik qо‘zg‘atuvchi har xil zararkunandalarning xavfi mavjudligi
sababli bu usuldan kuz-qish mavsumida foydalanish mumkin.
2-usul:
Shampinyonlarni xaltada yetishtirish
.
Mayda va о‘rta hol ishlab chiqaruvchilar shampinyonlarni xaltada yetishtirish usulidan
foydalanadilar. Bu usuldan foydalanishning ommalashganiga asosiy sabab, maxsus bug‘larni
qо‘llamasdan turib ham shampinyonlarni yetishtirish mumkin.
Bu usulni boshqa ya’ni
konteynerga joylash va tokchalarga terib qо‘yish usullari bilan taqqoslasak,
uning tejamkor
usulligini qayd etish mumkin. Uning ustunlik tomonlaridan biri shuki, yetishtiriladigan
hosilni
har xil parazitlardan himoyalash imkoniyatining mavjudligidir. Salbiy tomonlarini aytadigan
bо‘lsak, xaltalarni kompost bilan tо‘ldirish, ularni kerakli joyga yetkazishda qо‘l mehnatidan
foydalanish kabilarni misol qilish mumkin.
3-usul:
Shampinyonlarni yetishtirishning tokchalarga terib qо‘yish usuli
Bugungi kunda shampinyonlarni yetishtirishning tokchalarga terib qо‘yish,
boshqacha
aytganda gollandcha usuli ommalashgandir. Bunda barcha jarayon maxsus jihozlar yordamida
mexanizatsiyalashgan. Albatta, jihozlar yetarli darajada qimmatga tushadi. Bu usulni
pushtalab yetishtirishning takomillashgan tizimi deb ham atash mumkin.
Uning asosiy
ustunligi xonalardan, maxsus jihozlardan ratsional foydalanish imkonining mavjudligidir. Bu
esa maxsulot muvaffaqiyatli sotilishini kafolatlaydi.
Dostları ilə paylaş: