Biologik faol moddalar olish texnologiyasi


Mavzu: Spirullina biomassasidan oqsil olish



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
biologik faol moddalar 2023 uum

Mavzu:
Spirullina biomassasidan oqsil olish
.
 
Dunyoning kо‘plab mamlakatlarida bir hujayrali suv о‘tlari: 
Chlorella 
va 
Scenedesmus 
shuningdek, 
Spirulina 
avlodiga mansub kо‘k-yashil suv о‘tlardan ozuqa oqsili 
tayyorlash yо‘lga qо‘yilgan. Bu о‘simliklar quyosh nuri energiyasidan foydalanib karbonat 
angidrid, suv va mineral moddalardan oqsil va boshqa organik moddalar sintez qiladilar. 
Ularni о‘stirish uchun kо‘p miqdorda suv, kerakli miqdorda yorug‘lik va harorat bо‘lsa kifoY. 
Issiq janubiy mintaqalarda suv о‘tlarini ochiq havzalarda о‘stirish yо‘lga qо‘yilgan bо‘lsada, 


yopiq yarimsteril holatda о‘stirish yuqori sifatli oqsil moddalari va boshqa organik moddalar 
ishlab chiqarish imkoniyatini yaratadi [58, 96]. Xlorella va ssenedemus avlodlariga mansub 
suv о‘tlari о‘zlarining о‘sishlari uchun neytral muhitni talab qiladilar, ularning hujayra 
qobiqlari mustahkam sellyulozadan tashkil topganliklari uchun ham hayvon organizmida 
yaxshi hazm bо‘lmaydi. Ularning yaxshi sо‘rilishlari uchun maxsus ishlov berish talab 
qilinadi. Spirulinalar hujayralari xlorellaga nisbatan 100 marotaba kattaroq, ammo qalin 
sellyuloza qobig‘i bо‘lmaganligi uchun ular organizmda yaxshi sо‘riladilar. Spirulinalar 
ishqoriy muhitda о‘stiriladi (rN 10-11), tabiatda ham ishqoriy kо‘llarda yoki havzalarda 
kо‘proq tarqalgan. Suv о‘tlari biomassa tо‘plash tezligi bо‘yicha achitqi zamburug‘lari va 
bakteriyalardan pastroq bо‘lsada, qishloq xо‘jalik о‘simliklaridan ancha ustunlikka ega. 
Ochiq tipdagi maxsus о‘stirgichlarda о‘stirilganda 1 gektar maydondan yiliga 70 tonna quruq 
biomassa olish mumkin. Taqqoslash uchun quyidagi sonlarga e’tibor bering: 1 gektar 
maydondan 3-4 tonna g‘alla; 5 tonna sholi; 6 tonna – soya; 7 tonna makkajо‘xori olish 
mumkin, xolos.
Xlorella va ssenedesmus hujayralarida oqsil miqdori (quruq massaga nisbatan) 45-
55%, spirulinada esa 60-65% tashkil etadi. Suv о‘tlaridagi oqsil tarkibidagi 
almashinmaydigan aminokislotalar miqdori ham baland, faqat metionin kamroq, xolos. Suv 
о‘tlarida tо‘yinmagan yog‘ kislotalari ham kо‘proq sintez bо‘ladi (ba’zi birlari 
almashmaydigan yog‘ kislotalari safiga kiradi). Shuningdek, provitamin A–karotin (150 mg% 
gacha), V guruhiga kiruvchi vitaminlar kо‘plab sintez qilinadi. Suv о‘tlari tarkibidagi karotin 
miqdori beda uniga nisbatan 7-9 marotaba kо‘proq. Bir hujayrali suv о‘tlarida nuklein 
kislotalar miqdori (4-6%), bakteriyalarga nisbatan kamroq bо‘lsada, о‘simliklardan olinadigan 
oqsil tarkibidagidan (ularda 1-2%) kо‘proqni tashkil etadi.

Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin