A, D2, E vitaminlar, fosfatidlar va almashtirib bo'lmaydigan yog' kislotalari ko'p 95% yaxshi
hazm bo'ladi. 0 ‘ta to'yinmagan yog‘ kislotalari tarkibida ikkita, uchta va undan ortiq qo‘sh
bog‘i bo'lgan yog‘ kislotalarining biologik ahamiyati ayniqsa katta. Bular linol, linolen va
araxid yog‘ kislotalaridir. O'ta to‘yinmagan yog‘ kislotalari jigar, miya, yurak va jinsiy
bezlarida ko‘proq. Tarkibida araxid kislotaning ko‘pligi bilan bog‘liq moyi boshqa yog‘lardan
farq qiladi. 0 ‘ta to ‘yinmagan yog‘ kislotalari xolesterinni organizmda oson eruvchi
birikmaga aylantirib yuborish xususiyatiga ega. Bu xususiyati
ateroskleroz kasalligining
oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Yog‘ almashuvi me’da-ichak yo‘lida bo'ladigan
parchalanishdan boshlanadi. Yog' awal emulsiyalanadi, yog‘ zarralari suv fazasida mayda
tomchilarga bo'linadi. 0 4 , kislota va uning tuzlari yog'ni parchalashda katta rol o'ynaydi.
Ingichka ichak shilliq pardalarida yog'ning yog' kislotalari va glitserindan uzluksiz
sintezlanish sodir bo'ladi. Kolit, dizenteriya va ingichka ich ak n in g boshqa k a sa llik la rid a
yog' va unda eriydigan vitaminlaming so'rilishi buziladi. Me’da osti bezi kasallanganda yog'
hazm bo'lmaydi. Yog' almashinuvi uglevodlar almashinuvi bilan chambarchas bog'liq.
Odam tanasi tarkibida normal 15% yog' bo'ladi, lekin ba’zida 50% gacha bo'ladi.
Bunda yog' bosish kasalligi ko'p uchraydi. Lipidlaming almashinuvida qatnashuvchi
fermentlar faolligining buzilishini o'rganish yog' almashinuvi bilan bog'liq bo'lgan
kasalliklami davolashning yangicha ilmiy tadbirlarini ishlab chiqarishga imkon beradi.
Lipidlar asosan efirda,
atsetonda, xloroformda va benzol erituvchilarida yaxshi erish
xususiyatiga ega: — yog' kislotalari, tuzilishi jihatidan eng sodda lipidlardir. Ular organizmda
asosan boshqa lipidlar parchalanishi.yoki sintezida hosil bo'ladigan oraliq mahsulotlardir; —
yog'lar asosan rezerv energetik material vazifasini bajaradi. Ovqat lipidlari (taxminan 99 %)
yog'lardan iboratdir; — fosfolipidlar bilan glikolipidlar, ya’ni murakkab lipidlar — hujayra
membranalarining eng muhim tarkibiy qismilaridir; 139 — steroidlar — bulaming hammadan
ko‘p tarqalgan vakili xolesterindir. U hujayra membranalari tarkibiga struktura elementi bo'lib
kiradi, shuningdek bir qancha steroidlar — o't kislotalari, steroid gormonlari, D3
vitamin
o'tmishdoshi bo'lib xizmat qiladi. Yog' bosishi, o't-tosh kasalligi, ateroskleroz singari bir
qancha patologik holatlar lipidlar almashinuvining izdan chiqishiga bog'liqdir. Lipidlaming
termoizolatsiya xususiyati, ya’ni organizmni issiq saqlashi asosan dengiz va boshqa
hayvonlaming himoya funksiyasini bajaradi. Ulaming ustki yog' qatlami turli xil
shkastlanishidan va terini yog'lab turish xususiyatiga ega. Odam lipidlarida turli tuman yog'
kislotalari bo'ladi: bularga oleinat kislota 55 %, palmitinat kislota 20 % , linolat kislota 10 %
va boshqalar kiradi. Organizm yog' kislotalarining manbayi bo'lib,
ovqat lipidlari, ya’ni
yog'lar va uglevodlardan sintezlanadigan yog' kislotalari xizmat qiladi. Yog' kislotalari asosan
3 yo'nalishda sarflanadi:
1 Rezerv yog'lar tarkibiga qo'shiladi.
2. Murakkab lipidlar, ya’ni fosfolipidlar tarkibiga qo'shiladi.
3. Uglerod dioksidi va suvgacha oksidlanib, energiyasidan ATF sintezi uchun
foydalaniladi.
Qonda yog' to'qimasi triasilglitserinlari gidrolizida hosil bo'ladigan yog' kislotalari
(albuminlar bilan birikkan holda) aylanib yuradi. Yog'lar inson organizmining asosiy oziq
moddalaming bir guruhidir. Yog'larga bo'lgan sutkalik ehtiyoji 80—100 g ni tashkil etadi va
energiyaga bo'lgan organizm ehtiyojining 50 % gacha bo'lgan qismini ta’minlab beradi. O'n
ikki barmoq ichakka yog'larni hazm qilish uchun zarur bo'lgan o't va me’da osti bezi shirasi
tushib turadi. Me’da osti bezi shirasida triatsil glitserinlardagi murakkab efir bog'ini
gidrolizlaydigan lipaza bo'ladi. Yog' tarkibida yog' kislotalar,
jumladan glikoxolat va
tauroxolat kislotalar bo'ladi. Yog'laming emulsiyalanishi va fazalari bo'linib turadigan yuzani
kengaytiradi. Lipaza mitsellalar yuzasiga adsorbsiyalanadi, yog' ham shu yerda gidrolizga
uchraydi. Lipaza ta’sirida yog' kislotalar triatsilglitserindan birma-bir awal 2-uglerodli
atomlaridan, keyin 3-uglerodli atomidan ajralib chiqa boshlaydi. Yog‘ kislotalari
diatsilglitserinlar va monoatsilglitserinlar ham emulsiyalovchi ta’sirga ega. Hazm davomida
hosil bo'lgan mahsulot - laming hammasi hujayralargaso‘riladi. So‘rilish ham o't kislotalari
ishtirokida boradi. 0 4 kislotalari yog' kislotalari bilan ichak shilliq pardasi hujayralariga
o'tadigan mitsellalami hosil qiladi. Ichak shilliq pardasi hujayralarida o't
kislotalari qonga,
qon bilan esa jigarga o'tadi va o't hosil bo'lishida yana ishtirok etadi. O't hosil bo'lishi yoki o't
ajralib chiqishi buzilgan mahallarda, ya’ni o't yo'lida o't toshi yoki o'sma bilan tiqilib
qolganligi tufayli yog'laming hazm bo'lishi va gidroliz mahsulotlaming so'rilishi
yomonlashadi va yog'laming anchagina qismi axlat bilan birga chiqib turadi. Bunda yog'da
eriydigan vitaminlar so'rilmay gipovitaminozga olib keladi. Ovqat bilan birga kiradigan
uglevodlaming bir qismi jigar va muskullardagi glikogen zaxiralarini asliga keltirish uchun
keragidan ortiqcha bo'lsa, organizmda yog'larga aylanadi. Yog'lar yog' to'qimasining
ixtisoslashgan alohida hujayralarida, ya’ni lipositlarda to'planib boradi. Yog' hujayrasi
hajmining ko'p qismini yupqa sitoplazma qatlami bilan o'ralib turadigan yog' tomchisi tashkil
etadi. Ovqat bilan kiradigan va jigarda sintezlanadigan yog'laming ko'p qismi yog' to'qimasida
to'planib boorish bosqichidan o'tadi. O'rta vazndagi odamda yog'lar
tana massasini ng
taxminan 15 % ni tashkil etadi. Ochlik vaqtida bu zaxira 5—7 hafta davomida sarflanadi.
Organizmda yog' bosishining sababi iste’mol qilinadigan ovqat miqdori bilan energiya
sarflarining bir-biriga to'g'ri kelmay qolishidir. Organizmdaga barcha steroidlarning asosiy
qismi xolesterin ulushiga to'g'ri keladi. Odam to'qimalarida 140 g atrofida xolesterin bor.
Xolesterinning ko'p qismi, taxminan 80 % jigarda sintezlanadi. Odam organizmida bir kecha-
kunduzda sintezlanadigan xolesterinning umumiy miqdori 1 g ga boradi. Biokimyoviy
jihatdan olganda aterosklerozning asosiy ifodasi arteriyalar devorlarida xolesterin to'planib,
o'tirib qolishidir. Aterosklerozning eng xavfli va ko'p uchrab turadigan asorati yurak ishemiya
kasalligi, miokard infarkti, insult va boshqalar. Ulaming asoratlari, o'lim sabablari orasida
dastlabki o'rinlarning birini egallaydi.
Dostları ilə paylaş: