qisman gidrolitik parchalanishidan yuzaga keladi. Laktoza — sutemizuvchilar sutida ko'p
miqdorda bo'ladi. Ona sutida 5,5—8,4 % gacha, sigir sutida 4—5% laktoza bor. Saxaroza —
glukoza va fruktoza qoldig'idan iborat.
Polisaxaridlar
Polisaxaridlarga selluloza, kraxmal va boshqalar kiradi. Selluloza
o'simlik to'qimasining asosiy struktura komponenti hisoblanadi va asosan o'simlik hujayrasi
devorida bo'ladi. G'o 'za poyasining 9 0—99 %, yog'ochning 45% sellulozadan iborat.
Selluloza odam ichagida yomon hazm bo'lishi tufayli uning pristaltikasini kuchaytiradi va
normal ishlashiga yordam beradi. Kraxmal o'simlikning asosiy zaxira oziq moddasi
hisoblangan polisaxariddir (3.7-rasm). Kraxmal kartoshka va g'alla ekinlaridako'p bo'ladi.
Kraxmal amiloza va amilopektin deb ataluvchi ikkipolisaxariddan tarkib topgan.Glikogen
ko'pincha odam uchun muhim zaxira polisaxarid hisoblanadi.
Odamda glikogen asosan
jigarda 20 % gacha va muskullarda 40 % gacha bo'ladi. Yosh bolalar qonida normada 12—21
mg%, katta yoshlardagi kishilarda 8—12 mg% glikogen bo'ladi. Polisaxaridlar
almashinuvining buzilish kasalligi og‘ir kechadigan irsiy kasalliklardan bo‘lib, uni maxsus
parxezlar bilan davolab bo'lmaydi. Bunday kasalliklar ichida tug'ma irsiy glikogen kasalligi
muhim o'rinni egallaydi. Bu kasallik jigar,
yurak va skelet muskullarda, buyrak, taloq, o'pka
va boshqa organlarda odatdagidan ko'ra ko'proq yuzaga keladi. Qonda glukoza miqdori
kamayib, to'qimalarda glikogen miqdori ko'payib ketadi Glikogenoz kasalligida muskullar
bo'shashadi, bemor o'sishdan to'xtaydi, semirish, jigar va buyrakning zararlanishi kuzatiladi.
Organizmda uglevod almashinuvida qatnashuvchi bir qator fermentlaming yo'qligj
glikozidlarga sabab bo'ladi. Monosaxaridlar deb ataluvchi bir qator geteropolisaxaridlar
masalan, glaruon kislotasining odamdagi biriktiruvchi to'qimalaming
shakllanishi va normal
ishlashida muhim ahamiyati bor. Shunday qilib, polisaxaridlar yuqori uglevodlar bo'lib,
ularga kraxmal, glikogen, selluloza va boshqalar kiradi. Uglevodlardagi bir yoki bir necha
vodorod atomlarini gidroksil guruhlarigaalmashtirib hosil qilingan birikmalar
spirtlar
deyiladi. Spirtlarmolekulasidagi gidroksil guruhlaming soniga qarab bir atomli yoki ko'p
atomli bo'lishi mumkin. Molekulasi tarkibida bitta gidroksil guruh bo'ladigan
spirtlar bir
atomli spirtlar deyiladi. Odatda, molekulasidagi ikki va undan ortiq gidroksil guruhlari
bo'ladiganspirtlar ko'p atomli spirtlar deyiladi.
Dostları ilə paylaş: