Biologik faol moddalar olish texnologiyasi



Yüklə 1,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/70
tarix20.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#158158
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70
biologik faol moddalar 2023 uum

a) kamerali quritkichlar 
– davriy ishlovchi apparatlar bo‘lib, ular atmosfera bosimida 
ishlaydi (rasm 1). Kamerali quritkichlar kichik korxonalarda pasttemperaturada quritiladigan 
materiallarni quritishda samarali xisoblanadi.
1-
Rasm. Kamerali quritkich. 
Kamchiliklari

- ishlab chiqarish unumdorligining pastligi
- uzoq vaqt talab qilinishi; 
- material bir tekis qurimaydi
- bu tipdagi quritkichlarga qo‘l mehnati bilan xizmat ko‘rsatiladi. 
b) tunnelli quritkichlar 
– bu quritkichlar to‘g‘ri to‘rtburchak ko‘ndalang kesimli uzun 
kameradan iborat. Nam material yuklangan vagonetkalar temir relslar ustida xarakatlanadi. 
Qurilmaning kirish va chiqish eshiklari zich (germetik) yopiladi
Nam material kamera ichida tros yoki mexanik lebedka yordamida xarakatga keltiriladi. 
Qurituvchi agent nam materialga nisbatan parallel yoki qarama-qarshi yo‘nalishda 
yo‘naltiriladi.
Tunnelli quritkichlar katta miqdordagi nam materialni quritishda ishlatiladi. 
Kamchiligi

- jarayon uzoq muddat davom etadi


- material bir tekis qurimaydi; 
- apparatga qo‘l mehnati bilan xizmat ko‘rsatiladi. 
2-rasm. 
Tunnelli quritkich. 
v) lentali quritkichlar 
– uzluksiz rejimda va atmosfera bosimida ishlaydigan quritkichlar 
qatoriga kiradi (rasm 3). Apparatda nam material ikkita baraban orasiga tortilgan lenta 
bo‘ylab xarakatlanadi. Odatda lenta teshik bo‘ladi. Nam material qurilmaning tepa qismidagi 
bunker orqali yuklanadi va konveyerning yuqori lentasiga tushadi. Material lentaning ikkinchi 
uchiga etganida pastki konveyerga to‘kiladi. Quritiluvchi material eng pastki konveyerdan 
chiqarish bunkeriga to‘kiladi. 
Lentali quritkichlarda qurituvchi agent sifatida issiq havo yoki tutun gazlari ishlatiladi. 
Qurituvchi agent materialga nisbatan qarama-qarshi, o‘zaro kesishgan va parallel yo‘nalishda 
uzatiladi. Ko‘pincha bunday quritkichlar ko‘p lentali qilib yasaladi. Bir lentali quritkichlarda 
nam material bir tekis qurimaganligi kuzatilgan. Shuning uchun ko‘p lentali quritkichlar 
samaraliroq xisoblanadi. 




Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin