Meditsinada yog‘lar asosan mazlar (surtma dori), linimentlar, malxamlar,
meditsina sovunlari,
shamchalar, sharchalar va boshqa dorivor moddalarni eritish uchun ishlatiladi. Surgi sifatida
ham ishlatiladi.
Tarkibida 2 ta va undan ortiq qо‘sh bog‘i bor yog‘lar vitamin G‘ nomi bilan yuritiladi. Ular
organizmda prostoglandinlarni biosintezida boshlang‘ich birikma vazifasini о‘taydi.
Prostoglandinlar bachadonni qо‘zg‘atishi yoki qiskartirishi, bronxlarni kengaytirishi yoki
toraytirishi va yog‘ almashinuviga va infarktni oldini olishda axamiyati katta ekanligi
tasdiqlangan.
Yog‘larni saqlash.
Salqin, yorug‘lik
kam joyda, og‘zi berk idishlarda tо‘la saqlanadi.
Qurimaydigan moy
Kanakunjut moyi - Oleum Ricini
О‘simlikning nomi:
Kanakunjut - Ricinus communis L.
Oilasi:
Sutlamadoshlar - Euphorbiaceae.
Bir yillik о‘t о‘simlik bо‘lib bо‘yi 2 mga yetadi. Poyasi shoxlangan,
bargalari yirik,
barmoqsimon (5 - 11) bо‘lakli, uzun bandi bargning о‘rtasiga о‘rnashgan bо‘lib poyada ketma
ket joylashgan. Chetlari tishsimon qirrali. Gullari shingilga tо‘plangan. Guli kо‘rimsiz, bir
jinsli, gul qо‘rg‘oni oddiy, onalik
gullari shingilni yuqorisiga, otalik gullari pastiga
joylashgan.
Mevasi - uch urug‘li,
uch tabaqali, tikanli chanoq pishganda ochilib urug‘lari sochilib ketadi.
Geografik tarkalishi.
Vatani tropik Afrika. О‘rta Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Volga
bо‘yida ekiladi.
Mahsulot tayyorlash.
Shingildagi pastki 3 ta chanoq
pisha boshlashi bilanoq, shingil
mevalari bilan
qirqib olinadi, issiq joyda qolgan mevalari tez yetiladi va urug‘i tо‘kilib qoladi.
Urug‘ini ajratib olinadi.
Dostları ilə paylaş: