Ikkita qо‘shbog‘li linnol kislota yarim quriydigan,
Uchta qо‘shbog‘li linolen esa quriydigan glitseridlarni hosil qiladi.
Yog‘ olish usullari
1. Meva va urug‘lardan siqish - presslash yо‘li bilan yog‘ olinadi.
Bu usul bilan olishda
urug‘ni qizdirib yoki qizdirmasdan olish mumkin. Meditsinada asosan qizdirmasdan olingan
moylar ishlatiladi.
2. Organik erituvchilar orqali ekstraksiya usuli bilan yog‘ olinadi. (petrolein
efiri va
boshqalar). Bu yо‘l bilan olingan moylar asosan texnikada qо‘llaniladi, sababi, yog‘ tarkibida
qisman erituvchi qoladi.
3. Hayvon yog‘i eritish va qaynatish usuli bilan olinadi.
Yog‘larni analiz qilish usullari
О‘simliklarda moylar miqdorini aniqlash usullari
Moylar о‘simlik mahsulotidan Sokslet apparatida organik erituvchilar
yordamida ajratib
olinadi, erituvchi haydaladi va
qolgan moy tarozida tortiladi,
yoki mahsulotni oldin va
ekstraksiyadan keyin tortiladi va % miqdori aniqlanadi.
Mahsulotdagi yog‘ miqdorini Sokslet apparati yordamida aniqlash yо‘li.
1 g pо‘stidan tozalanib maydalangan urug‘ filtr qog‘ozidan tayyorlangan "patron"ga solinadi.
Mahsulotni qog‘oz bilan tarozida tortib kо‘rib Sokslet apparatiga solinadi va apparatni yuqori
qismidan yetarli miqdorda efir quyiladi va suv hammomida qizdiriladi.
Patrondagi moy
butunlay ekstraksiya bо‘lguncha qizdiriladi. Mahsulotda
moy qolmaganini bilish uchun,
Sokslet apparatining oxiridan oqib tushayotgan efirdan qog‘ozga tomiziladi. (Yog‘li dog‘
qolmasligi kerak). Sо‘ngra patronni olib quritiladi va tarozida tortiladi.
Moyni miqdori
quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi.
a
- ekstraksiya bо‘lgan moy miqdori.
v
- urug‘ning og‘irligi.
Dostları ilə paylaş: