Efir soni Efir soni deb, 1 g yog‘ tarkibidagi murakkab efirlarni sovunlash uchun ketgan KOH ning mg
miqdoriga aytiladi.
E ∙ S = S ∙ S – K ∙ S Efir sonini tajriba yо‘li bilan topiladigan bо‘lsa, oldin sof kislotalar neytrallanib, sо‘ng
sovunlanish sonini topish usuli bilan
efir soni topiladi.
Yod soni Yod soni deb, 100 g moy tarkibidagi tо‘yinmagan yog‘ kislotalarining qо‘sh bog‘larini
tо‘yintirish uchun ketadigan yodning g miqdoriga aytiladi. Aniqlash uchun yod xlorid yoki
yod bromid reaktivlari ishlatiladi.
Yod xlorid quyidagicha olinadi. 2KJ + KJO3 + 6HSl → 3JCl + ZKSl + ZH2O Reaksiyaga kirishmay ortib qolgan JCl ga KJ eritmasidan qо‘shilgandan keyin ajralib chiqqan
sof yod 0,1 n natriy tiosulfat eritmasi bilan titrlanadi.
JCl + KJ → KCl + J2 J2 + 2Na2S2O3 → 2NaJ + Na2S4O6 Aniq tortib olingan yog‘li idishga solib, 3 ml efirda eritiladi va 0,2 n JCl eritmasidan 25 ml
qо‘shib bir minut chayqatiladi. Keyin aralashmaga KJ ning 40% li 213 eritmasidan 10 ml va
50 ml suv qо‘shiladi. Reaksiya natijasida ajralib chiqqan J2 tiosulfat natriy (0,1 n) bilan
titirlanadi. Indikator kraxmal, xloroform (2-3) qavatidagi kо‘k rang yо‘qolguncha titirlanadi.
Yod soni
(Y ∙ s) quyidagicha aniqlanadi:
V1 – tekshirish tajribasiga ketgan tiosulfat natriy miqdori ml.
V2 – asosiy tajribaga ketgan tiosulfat natriy miqdori ml.
R - yog‘ning miqdori
0,01269 - 0,1 n yod eritmasining 1 ml dagi yodning g miqdori.
Yod sonini aniqlash uchun zarur bо‘lgan yog‘ning miqdorini topish uchun
20 n shu yog‘ning eng yuqori yod soniga bо‘lish kerak. Masalan. Zig‘ir moyi uchun 20 : 170 = 0,12 g. Demak tekshirish uchun 0,12 g yog‘ olinsa