Mavzu Organizmning biologik suyuqliklari elektrolit va noelektr
MAVZU: Fermentlar faolligini oshqozon kislotaligini gipo- va giperatsid xolatlarda o‘zgarishi va tiklash choralari.
Fermentlar (lotincha: fermentum — achitqi), enzimlar — hayvon, oʻsimlik va bakteriyalarning tirik hujayralaridagi oqsilli katalizatorlar. Fermentlar maxsus xususiyatlari va kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirishi bilan odatdagi katalizatorlardan farqlanadi. Ular katalizatorlar kabi kimyoviy reaksiyalarning faollanish energiyasini pasaytiradi (qarang Kataliz).
1914-yil rus-nemis kimyogari G.S.Kirxgof undirilgan arpa donidan olingan ekstrakt taʼsirida kraxmalni qandgacha parchaladi. 1933-yilda fransuz kimyogarlari A.Payen va J.Perso birinchi marta arpa donidan amilaza fermentini ajratib oldilar. 19-asr oʻrtalarida mikrobiologiyanint asoschisi L. Paster achish jarayonini tirik mikroorganizmlar (achitqilar) koʻzgʻatadi va bu jarayon ularning hayoti bilan bogʻliq deb koʻrsatdi. 1897-yilda nemis kimyogari E. Buxner achitqidan spirtli achish jarayonini chaqiruvchi fermentni ajratib oldi.20-asr boshlariga kelib nemis kimyogari R. Vilshtetter xodimlari bilan Fermentlarni ajratish va tozalashda adsorbsiya usulidan keng foydalandi. 20— 30-yillarda J. Samor, birinchi kristallik ferment (ureaza), soʻngra pepsin va boshqa bir qator proteologik Fermentlarni kristall shaklida ajratib olgan.20-asrning oʻrtalariga kelib, fizikkimyoviy taxlil (asosan, xromotografiya) va oqsil kimyosi usullarining rivojlanishi natijasida qator Fermentlar ning birlamchi strukturasi aniklandi. Mas, qoramol oshqozon osti bezining ribonukleaza fermentlari toʻrtta disulfid bogi bilan bogʻlangan 124 aminokislota qoldigʻidan iboratligi koʻrsatib berildi. Shundan keyin rentgen struktura taxlili yordamida bir qancha Fermentlarning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari aniqlandi. Koʻp Fermentlar toʻrtlamchi strukturaga ega ekanligi, yaʼni molekulalari tarkibi va strukturasi jihatidan turlicha boʻlgan bir qancha oqsil subbirliklar (biopolimerlar)dan iboratligi koʻrsatildi.Fermentlar. barcha oqsillar kabi oddiy va murakkab boʻladi. Murakkab Fermentlarning molekulalari ikki komponentdan: oqsil (apoferment) va oqsil boʻlmagan — prostetik guruh komponentidan iborat. Prostetik guruh apofermentdan oson ajraladigan hollarda kofaktor yoki koferment deb ataladi. Uglevodlar, nukleotidlar, turli metallarning ionlari va boshqa birikmalar, vitaminlar hamda ularning hosilalari (vitaminlari kofermentlardan iborat 150 dan ortiq Fermentlar maʼlum) kofermentlar boʻlishi mumkin. Avitaminoz va gipovitaminozlarda koʻpgina ferment tizimining funksiyasi izdan chiqadi, bu butun organizm normal hayot faoliyatining buzilishiga sabab boʻladi.Koʻpchilik Fermentlar aʼzo va toʻqimalarda shu darajada kamki, qatto ularning absolyut miqdorini (mas, milligrammlarda) bilish qiyin. Shu sababli Fermentlarning istalgan aʼzodagi miqdorini, ularning faolligiga qarab aniklanadi. Fermentlarning faollik birligi uchun bir min.da maʼlum miqdordagi substratning oʻzgarishini katalizlashga ketgan Fermentlar miqsori qabul qilingan.Fermentlarning taʼsir etishi bir qator omillarga, xususan, temperatura va muhit rN ga (rN — vodorod koʻrsatkich) bogʻliq. Fermentlarning taʼsir etish optimum temperaturasi 38—60°, temperatura bundan yuqori boʻlsa, Fermentlar odatda, denaturlanib oʻz faolligini yoʻqotadi. Pekin baʼzi Fermentlar (mas, ribonukleaza, miokinaza) 100° issiqlikka ham chidaydi. Odam va issiq qonli qayvonlar fermenti 37—38°da, yaʼni tana haroratida taʼsir koʻrsatadi. Fermentlar faolligining traga bogʻliqligidan tibbiyot amaliyotida, jumladan, jarrohlikda foydalaniladi.Koʻpchilik Fermentlar neytral reaksiyada (rN— 7,0 da) faol boʻlib, kislotali va ishqorli muhitda ular oʻz faolligini yoʻqotadi. Kislotali muhitda faol boʻlgan pepsin va baʼzi toʻqima proteolitik Fermentlar (mas, katepsin D) hamda ishqorli muhitda (rN — 8,0 da) faol boʻlgan tripsin bulardan mustasno.
Tra va muhit rN ning kattaligidan tashqari, Fermentlar faolligiga turli moddalar kuchaytiruvchi (aktivatorlar) yoki toʻxtatuvchi (ingibitorlar) tazyiq koʻrsatadi. Turli anorganik ionlar, xususan, turli xil metall ionlari Fermentlar aktivatorlari hisoblanadi. Fermentlar faolligini susaytiruvchi birikmalar — ingibitorlar Fermentlar bilan qoʻshilib, fermentativ faollikni yoʻqotadigan kompleks hosil qiladi.
Fermentlarning biosintezi genetik kod tomonidan nazorat etiladi. Ular ichki va tashqi omillar: mutatsiyalar, ionlovchi radiatsiya, ovkatlanish sharoiti va boshqa taʼsirida oʻzgarishi mumkin. Katalitik taʼsiri bir xil boʻlib, fizikkimyoviy xossasi bilan farklanadigan Fermentlar izofermentlar deyiladi. Hujayrada Fermentlar faolligini boshqarishda hujayra tarkibiy qismini tashkil etuvchi strukturalar — mitoxondriyalar, mikrosomalar va boshqa katta rol oʻynaydi.
Enzimopatiya yoki fermentopatiya deb ataluvchi turli Fermentlar tizimi funksiyalarining buzilishi kishida koʻpchilik kasalliklarning kelib chiqishiga sabab boʻladi.
Mavzu; Raxit va osteoporoz patogenezi va davolash usullari
Harakatlanish tufayli odam ish bajaradi, atrofdagi odamlar bilan (og‘zaki va yozma nutq orqali) muloqatda bo‘ladi, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanadi. Tayanch-harakatlanish sistemasi skelet, muskullar va nervdan tashkil topgan. Eng muhimi gavdada tayanch va himoya funksiyasini boshqaradi. Skeletning tayanch funksiyasi tufayli unga barcha muskullar kelib birikadi. Skelet ichki organlarni, qon-tomirlarni va nerv sistemasini himoya qilish funksiyasini ham o‘taydi. Suyaklarning ko‘mik qismida esa qonning shakilli elementlari (eritrotsit, leykotsit, trombotsitlar) ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, suyaklar mineral tuzlar deposi (to‘planadigan joy) bo‘lib xizmat qiladi. Suyaklarning tarkibida D.I.Mendeleyevning kimyoviy elementlar davriy sistemasidagi elementlarning ko‘pchiligi uchraydi. Jumladan, eng ko‘pi fosfat tuzlari 60% ni, kalsiy karbonat tuzi 5,9% ni tashkil etadi. Odam bo‘yining uzunligi, asosan uzun naysimon va umurtqa pog‘onasi suyaklarining o‘sishiga bog‘liq. Suyaklarning o‘sishida, hosil bo‘lishida, oziqlanishida, yemirilishida, yo‘g‘onlashuvida va ularning mustahkamligiga sabab bo‘luvchi bir qancha muhim manbalar mavjud. Bular sintezlovchi hujayralar osteoblastlar, yemiruvchi hujayralar osteoklastlar, kimyoviy elementlardan Ca va P, biologik faol moddalardan somatatrop, esterogen va qalqonoldi bezi gormoni hisoblangan paratgarmon, vitaminlardan A va D vitaminlar shular jumlasidandir. Osteoblastlar suyak quruvchi hujayralar hisoblanadi. Osteoblastlar suyakusti pardasi ya’ni periostda doimiy ravishda bo‘luvchi o‘zak hujayralardan hosil bo‘ladi. Osteoblastlar kollagen tolalar ishlab chiqaradi. Suyak kollagen tolalari suyakni qattiq va mustahkam qilib turadigan hujayralar hisoblanadi. Osteoblastlar ko‘payishi uchun ishqoriy muhit juda muhim hisoblanadi. Osteoklastlar suyaklarni parchalovchi hujayralar hisoblanadi. Osteoklastlar H+ ionlarini ishlab chiqaradi, kislotali muhit yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Osteoklastlar ko‘payishi uchun kislotali muhit muhim sanaladi. Osteoklastlar kollagenaza fermentini ishlab chiqaradi. Kollagenaza bu kollagen tolalarni parchalovchi ferment hisoblanadi. Kollagen tolalar esa suyakni mustahkamlovchi va suyakni qattiq qiluvchi hujayralar hisoblanadi Suyaklarning o‘sishida, hosil bo‘lishida, oziqlanishida, yemirilishida, yo‘g‘onlashuvida va ularning mustahkamligiga sabab bo‘luvchi bir qancha muhim manbalarni sanab o‘tdik. Ushbu omillarda o‘zgarishlar natijasida kelib chiqadigan kasalliklar bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. Bu kasalliklarga misol qilib raxit va osteoparoz kabi kasalliklarni olish mumkin. Raxit-(yunoncha “rhachis”-umurtqa) yosh bolalarda uchraydigan kasallik. Organizmda D vitamini yetishmasligi tufayli fosfor-kalsiy almashinuvining buzilishi natijasida kelib chiqadi.Raxitga koʻpi Osteoparozda qonda normal miqdorda Ca2+ va PO4 3- ionlari mavjud bo‘ladi, lekin suyak yemirilishda davom etadi. Osteoparoz kelib chiqishiga 2 ta asosiy sabab mavjud. Birlamchi va ikkilamchi sabab. Birlamchi sabab ayollarda esterogen miqdorining pasayishi sabab bo‘ladi.Esterogen miqdorining pasayishiga esa sabab menapauza hisoblanadi. Normal holatda ayol organizimida 40-45 yoshdan so‘ng menustratsiya sikli to‘xtashni boshlaydi ya’ni tuxumdonlar o‘z funksiyasini bajarmay qo‘yadi. Natijada tuxumdonlardan esterogen ajralishi kamayadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek esterogen osteoblastlar apaptozini ingibirlar edi. Esterogen miqdorining kamayishi esa osteoblastlar nobud bo‘lishiga olib keladi. Osteoblastlarning nobud bo‘lishi esa suyaklarning yemirilishiga sabab bo‘ladi. Ikkilamchi sabab esa odam organizimi yot moddalarni qabul qilishi misol bo‘la oladi. Bular alkagol, steroid garmonlar, qon ivishiga qarshi preparatlarni qabul qilish, tutqanoqga qarshi preparatlarni qabul qilish, qalqonsimon bez funksiyasini ortib ketishi, qalqonoldi bezi funksiyasini ortib ketishi, ko‘plab o‘smalar, ichaklarda ovqatning yaxshi so‘rilmasligi sindromi, ishtahaning butunlay yo‘qolishi-bular ikkilamchi sabablar hisoblanadi.. Xulosa: Suyak-odam organizimining tayanch va himoya funksiyasi hisoblanib, Ortiqcha vazn suyaklarning mo‘rtlashuviga sabab bo‘ladi. Inson o‘z vaqtida vitamin va minerallarni qabul qilishi, sog‘lom turmush tarziga amal qilish, tog‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. N.T.Alimxodjayeva, X.S.Tadjiyeva “Tibbiy kimyo” , 2019 2. Mavlonov O, Tilavov T, Aminov B “Odam va uning salomatligi” 2 ncha bolaning chala tugʻilishi, quvvatsizligi yoki sunʼiy ovqatlantirish sabab boʻladi.Bola yaxshi parvarish qilinmasa, ochiq havo va quyosh nuridan bahramand boʻlmasa, notoʻgʻri ovqatlantirilsa, uning organizmiga D vitamini yetarli miqdorda kirmaydi yoki ultrabinafsha nurlar yetishmasligidan terisida D vitamini hosil boʻlishi buzilib, raxit kasalligi kuchayadi.Bu kasallikda fosfor va kalsiy kabi mineral tuzlar almashinuvi buziladi natijada ichakda kalsiyning soʻrilishi va suyaklarga oʻtirishi oʻzgaradi, bu-suyakning ingichkalashib, toʻqimalarining yumshashiga, nerv sistemasi va ichki aʼzolar ishining buzilishiga sabab boʻladi. Kasallik kuchayganda muskullar zaiflashadi, burishadi; kasal bola sogʻlom bolaga nisbatan kech yuradi, qorni shishadi, ichi koʻpincha qotadi yoki suradi, keyinchalik suyak sistemasi oʻzgaradi: yelka suyagi yassilanadi, boshi kattalashadi, peshona va kallaning tepa suyagi boʻrtib chiqadi, peshona doʻng boʻlib qoladi, kalla tepa suyagi va ensa ohasidagi suyakning yumshashi kuzatiladi.