Biologik ta’lim jarayonining yaxlitliligi, O’qitish prinsiplari va qonuniyatlari


Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy biologik ta’limni tashkil etish va olib borishda mazkur prinsiplardan foydalanish samaradorlikni kafolatlaydi



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə2/3
tarix24.05.2022
ölçüsü1,35 Mb.
#59352
1   2   3
BIOLOGIK TA’LIM JARAYONINING YAXLITLILIGI, O’QITISH PRINSIPLARI VA QONUNIYATLARI

Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy biologik ta’limni tashkil etish va olib borishda mazkur prinsiplardan foydalanish samaradorlikni kafolatlaydi.

  • Shuni qayd etish kerakki, zamonaviy biologik ta’limni tashkil etish va olib borishda mazkur prinsiplardan foydalanish samaradorlikni kafolatlaydi.
  • Shuni qayd etish lozimki, o‘qitish qonunlari va qonuniyatlari uzluksiz ta’lim tizimining oldiga qo‘yilgan davlat va ijtimoiy buyurtmalar, jamiyatning ijtimoiy hayotidagi ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar, ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalari, fanning rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq holda o‘zgarib, yangilanib turadi.

O‘qitish prinsiplari biologiyani o‘qitishning maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda ta’lim-tarbiya jarayonining yo‘nalishi va pedagogik faoliyatning mazmunini belgilaydi.

  • O‘qitish prinsiplari biologiyani o‘qitishning maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda ta’lim-tarbiya jarayonining yo‘nalishi va pedagogik faoliyatning mazmunini belgilaydi.
  • O‘qitish prinsipi - didaktik kategoriya bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi va vazifalariga bog‘liq holda o‘qitish qonunlari va qonuniyatlarining amaliyotga qo‘llanish usulini belgilaydi.

Biologiyaning mazmunini saralash va ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishda quyidagi prinsiplarga asoslaniladi.

  • Ilmiylik prinsipi – biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishga asos bo‘ladigan va amaliy ahamiyati yoritilgan, nazariy va amaliy jihatdan fanda aniqlangan ilmiy bilimlar, faktlar, tushunchalar, qonunlar, nazariyalarni o‘rganishni kafolatlaydi.
  • Sistemalilik prinsipi – tirik organizmlarni biologik sistema sifatida turli tuzilish va murakkablik darajasida o‘rganish, shuningdek, o‘qitish jarayonining barcha tarkibiy qismlari: o‘qitish maqsadi, vazifa­lari, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllarini tizim shaklida tasavvur qilish va foydalanishni ko‘zda tutadi.
  • Fundamentallik prinsipi – biologiyaning asosiy, tayanch tushunchalari, nazariyalari, ilmiy-tadqiqot metodlari, umumiy ilmiy-nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan va umuminsoniy qadriyatlarning yutug‘i sanalgan tadqiqot natijalarini o‘rganishga asoslanadi.
  • Izchillik prinsipi – o‘quvchilar tomonidan tushunchalarni o‘zlashti­rish bosqichlarini e’tiborga olgan holda o‘quv materialini o‘rganishni tashkil etishni taqozo etadi.
  • Ko‘rgazmalilik prinsipi – tirik organizmlarning tuzilishi va hayotiy jarayonlarini o‘rganishda tabiiy, tasviriy, tarqatma, didaktik va dinamik materiallar, ekran vositalaridan foydalanishni ko‘zda tutadi.
  • Ta’lim va tarbiyaning uzviyligi prinsipi – ta’lim jarayonining metodik ta’minoti va boshqarilishida ta’lim samaradorligiga erishish, o‘quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini hal etishni ko‘zda tutadi.

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin