Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78
5-biologiya

о 
edurtm_uz


c
6 0 -ra s m . Halqali chuvalchanglar: a-yom g‘ir chuvalchangi,
b-nereida, c-zuluk.
H alqali c h u v a lc h a n g la r tanasi b o ‘g ‘ imlarga b o ‘ lingan. Halqali 
chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi mavjud. Y om g‘ ir chuval­
changi o ‘simlik chirindilari bilan oziqlanib, tuproq hosil b o ‘ lishida 
ishtirok etadi. Chuvalchang qazigan in tuproqqa havo kirishini 
ta’ minlaydi. Nereida ikki yon tom onda joylashgan uzun tuklarga 
ega. Bu tuklar suv tubida harakatlanishga yordam beradigan dast- 
labki oyoqlar hisoblanadi. Tibbiyot zulugidan qon tomir kasalliklari- 
ni davolashda foydalaniladi. Zuluk o g ‘zidan ajralgan suyuqlik qonni 
suyultirib beradi (60-rasm).
M o lly u s k a la r ko‘ pchilik vakillari 3 qavatli c h ig ‘anoqqa ega. 
C hig‘anoq tashqi - organik, o ‘ rta - ohakli, ichki - kamalak rang­
da tovlanuvchi qismlardan iborat. Terisi shilimshiq bilan qoplan- 
gan b o ‘ lib, harakatlanishiga yordam beradi. Ko‘ pchilik shilliqqurt- 
lar o ‘simlikning yashil qismini yeb zarar keltiradi. Baqachanoqlar


c
6 1 -ra s m . Mollyuskalar: a-shilliqqurt, b-baqachanoq, c-sakkizoyoq.
5 -B io lo g iy a , 5 
6 5


Q edurtm_uz
suv tubida yashab suvdagi organik m oddalar bilan oziqlanadi. 
Shu y o ‘ l bilan suvni organik qoldiqlardan tozalaydi. Sakkizoyoq- 
ning paypaslagichlari so ‘ rg ‘ ichlar bilan ta ’ minlangan. So‘ rg ‘ ichlar 
hisobiga sirg‘ anchiq baliqlarni ham osonlik bilan ushlab qoladi. 
Sakkizoyoqlar o ‘zidan siyoh chiqarib, dushmanini ch a lg ‘ itadi (61- 
rasm).
B o ‘ g ‘ im o y o q lila r n in g tanasi va oyoqlari b o ‘ g ‘ imlarga b o ‘ lingan. 
Tashqi skeleti xitindan iborat. Qisqichbaqasimonlar, o ‘ rgimchak- 
simonlar va hasharotlar sinflariga b o ‘ linadi. Daryo qisqichbaqasi 
chuchuk suvda yashaydi, qisqichlari yordam ida o ‘ ljasini tutadi va 
dushmanidan himoyalanadi. Nobud b o ‘ lgan hayvonlarning qoldiq- 
larini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi. Butli o ‘ rgim chak o ‘ ljasini 
ovlash uchun tutqich to ‘ r t o ‘ qiydi. Tutqich t o ‘ ri ikki xil ipdan 
t o ‘ qilgan b o ‘ lib, aylanasimon yopishqoq qismiga hasharotlar ilinib 
qoladi, yopishmaydigan uzunasiga joylashgan ipidan o ‘zi hara- 
katlanadi.
Xonqizi yorqin qizil rangda qora xollari bor hasharot. Bu rang 
ogohlantiruvchi rang bo ‘ lib, qushlarni «sassiq suyuqligim bor, 
menga tegma» deb ogohlantiradi. Xonqizi o ‘ simlik zararkunandasi 
bo ‘ lgan shira bitlarini yeb, foyda keltiradi (62-rasm).
Umurtqasiz hayvonlar keng tarqalgan organizmlardir. Ular­
ni daryo va dengizlarda, tuproq ostida, tashlandiq yerlarda, 
odam yashayd igan xonadonlarda, havoda uchib yurgan holatda


c
6 2 -ra s m . Bo‘g ‘imoyoqlilar: a-daryo qisqichbaqasi, b-butli 
o‘rgimchak, c-xonqizi.
66


ko‘ rishimiz mumkin. Rivojlanish jarayonida umurtqasiz hayvonlar 
yashash muhitiga moslashib borgan.
• regeneratsiya 
• meduza
rishta 
• sakkizoyoq
1. Regeneratsiya nima?
w %
2. Qaysi tip vakiiiari parazit usulda oziqlanadi?
* I 3. Qaysi organizmdan boshlab qon aylanish sistemasi vujudga 
kelgan?
4. Sakkizoyoq qaysi tipga kiradi?
5. Tashqi skeleti xitin bo‘lgan organizmlarni aniqlang.
6. Qaysi hayvon tutqich to ‘ri yordamida ozuqasini tutadi?

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin