Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78
5-biologiya

edurtm_uz
1
6 4 -ra s m . Asalarining hayot sikli: 1 - t uxum qo‘yayotgan urg‘ochi 
asalari; 2 - t uxum; 3 - asalari suti bilan oziqlantirilayotgan lichinka;
4 - gul changi va asal bilan oziqlanayotgan lichinka; 5 - g‘umbak;
6 - rivojlangan g‘umbak; 7 - yosh asalari.
69


7. Asalari haqidagi matnni o‘qib chiqing va ikkita savol tuzing.
To‘liq o‘zgarish bilan rivojlanuvchi hasharotlarga asalari, pashsha, 
qo‘ng‘iz va kapalak kiradi. Ularning rivojlanish ketma-ketligi quyida- 
gicha: tu x u m ^ lic h in k a ^ g ‘umbak^voyaga yetgan hasharot.
Urg‘ochi asalari mumdan yasalgan katakchalarga tuxumini qo‘yadi 
(64-rasm). Tuxumdan lichinka rivojlanadi. Ishchi asalarilar dastlab li- 
chinkani asalari suti bilan boqadi, keyinchalik gul changi va asal bilan 
oziqlantiradi. G‘umbaklik davrini o‘tab bo‘ lgach, undan yangi hasharot 
rivojlanib chiqadi.
8. O‘rganganlaringiz asosida kapalak, chumoli va chigirtkaning 
hayoti to ‘g ‘risida referat yozing.
edurtm_uz
1 4 - § . U m u r t q a l i h a y v o n l a r
Umurtqali hayvonlarga baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashov­
chilar, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar sinflari ki­
radi.
B a liq la r s in fi tanasi suyri shaklida, shilimshiq bilan qoplangan 
b o ‘ ladi. Suv muhitida yashashga moslashgan (65-rasm). Jabrasi 
yordamida nafas oladi. Qon aylanish sistemasi yopiq, bitta doira- 
dan iborat, yuragi 2 kamerali. Yuragida venoz qon oqadi. Sovuq­
qonli hayvon, ya’ ni tana harorati tashqi muhitga b o g ‘ liq. Tashqi 
muhit harorati ortsa, baliqlar harakati tezlashadi, harorat pasaysa
ularning harakati sustlashadi.
6 5 -ra s m . Baliqlar sinfi: a -zog‘ora baliq, b-qilquyruq, c-manta.
70




c
6 6 -ra s m . Suvda hamda quruqlikda yashovchilar: a-qurbaqa,
b-salamandra, c-triton.
Suvda h a m d a q u r u q lik d a y a s h o v c h ila r s in fi suv yaqinida 
yashaydi. Teri va o ‘ pkasi yordamida nafas oladi. Qon aylanish 
sistemasi yopiq, katta va kichik qon aylanish doirasidan iborat. 
Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvon. Tuxumini suvga q o ‘yadi. 
Shu sababli suvdan uzoqqa ketolmaydi (66-rasm).
S u d ra lib y u r u v c h ila r s in fi - asosan, O‘ rta Osiyo c h o ‘ llarida 
keng tarqalgan. Tanasi muguz tangacha bilan qoplangan. O ‘pkasi 
katakchalarga b o ‘ lingan. Yuragi 3 kamerali, sovuqqonli hayvonlar 
hisoblanadi. Tuxumini quruqlikka q o ‘yadi. Tuxumi qattiq p o ‘choq 
bilan himoyalangan, sariqlikka boy (67-rasm).


c
6 7 -ra s m . Sudralib yuruvchilar: a-kaltakesak, b-ilon, c-timsoh.
Q u s h la r s in fi havoda uchishga moslashgan. Tanasi pat bilan 
qoplangan. Havo xaltachalari o ‘ pkaga ulangan b o ‘ lib, bir marta 
olgan havosidan 2 marta nafas oladi. Yuragi 4 kamerali, issiqqonli
71




c
6 8 -ra s m . Qushlar: a-kaptar, b-tovus, c-burgut.
hayvon. Tana harorati o ‘zgarmas b o ‘ ladi. Oldingi oyoqlari qanotga 
aylangan. Tuxumini bosib yotadi (68-rasm).
S u te m iz u v c h ila r s in fi bolasini sut bilan boqadi. Tanasi jun 
bilan qoplangan. O‘pkasi yordamida nafas oladi. Yuragi 4 kame­
rali, issiqqonli hayvon. Bu sinfga hasharotxo‘ r sutemizuvchilardan 
tortib, primatlargacha b o ‘ lgan hayvonlar kiradi (69-rasm).


c
6 9 -ra s m . Sutemizuvchilar: a -y o ‘ lbars, b-kiyik, c-ot.
Hayvonot dunyosi rang-barang. Barcha hayvonlar yashash mu- 
hitiga moslashgan b o ‘ ladi.
1. Umurtqali hayvonlar qanday sinflarga bo‘ linadi?
/ 2 2. Qaysi hayvonlar sovuqqonli yoki issiqqonli hisoblanadi?
3. Qaysi sinf vakillari faqat suvda uchraydi?
72



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin