Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78
5-biologiya

Q e d u r t m u z
4. Qaysi hayvonlarning yuragi ikki, uch va to ‘ rt kamerali 
bo‘ ladi?
1. Quyidagi rasmda to‘rt xil qushning orqa oyoqlari keltirilgan.
• Qaysi qush suvda suzishga moslashgan?
• Qaysi qush yirtqich hisoblanadi? Nima uchun?
• Hosil bo‘lgan o‘zgarishlar qushga qanday qulaylik yaratadi?
• Javoblaringizni asoslab, xulosa yozing.
2. Quyidagi rasmdan sudralib yuruvchilar sinfiga kiruvchi hay- 
vonni aniqlang. Bu sinfning o‘ziga xos belgilarini tushuntiring.


c
3. Olcha va gilos mevasini chumchuq ham, hakka ham iste’ mol 
qiladi. Chumchuq mevaning etli qismini cho‘qib yeydi, danagini 
yutmaydi, hakka esa danagi bilan yutib yuboradi. Sizningcha
bu qushlarning qaysi biri o‘simlik uchun foyda keltiradi? Javo- 
bingizni asoslang.
6 -am a liy m a s h g ‘ ulot. Baqaning hayot siklini o ‘ rganish. 
Kerakli jihozlar. Umurtqasiz hayvonlarning hayot sikli ifodalan- 
gan plakat va o‘quv filmi.
73


Q e d u rtm _ u z
Ishni bajarish ta rtib i.
1. Baqaning hayot sikli ketma-ketligini rasm asosida o‘rganing 
(70-rasm).
f
2
2
/ "V 
Q
-V «Т»
— . . , •
>
J
6
5
70 -ra sm . Baqaning hayot sikli: 1 - voyaga yetgan baqa;
2 - baqa tuxumi; 3 - rivojlanayotgan lichinka; 4 - i tbaliq;
5 - orqa oyoqlari rivojlangan itbaliq; 6 - i tbaliqning baqaga aylanishi.
2. Quyida berilgan matnni diqqat bilan o‘qing.
Baqa suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfiga kiradi. Voyaga 
yetgan baqa pashsha, chivin, qo‘ng‘iz va o‘rgimchak bilan oziqlanadi. 
Ozuqasini uzun, yopishqoq tili bilan ushlab oladi. Erta bahorda baqa­
ning erkagi qurillagan ovoz chiqaradi. Urg‘ochisi sayramaydi. Tuxum- 
dan chiqqan baqa 3 yilda voyaga yetadi. Suvga tuxumini qo‘ygani 
uchun suv yaqinida yashaydi. Tuxumlari qora rangda bo‘lib, quyosh 
nurini yaxshi yutadi. Quyoshdagi issiqlik hisobiga hujayralari bo‘linib, 
embrion hosil qiladi. Embrion tuxumdagi sariqlik hisobiga oziqlana­
di. Tuxumdan chiqqan itbaliq suvdagi mayda suvo‘t va bir hujayrali
74
4


jonzotlarni yeydi. Itbaliq baliqlarga o‘xshab suzgichlarga ega. Suvda 
suzib yurib, asta-sekin o‘zgarishga uchraydi. Itbaliq dastlab orqa, 
keyinchalik oldingi oyoq hosil qiladi va dumini tashlab, yosh baqaga 
aylanadi.
3. Yuqoridagi matn asosida quyidagi savollarga javob bering.
• Voyaga yetgan baqa nima bilan oziqlanadi? 
a) chivin b) ilon
• Itbaliq baqaga aylanayotganda dastlab qaysi oyog‘i rivojla-
nadi?
a) oldingi b) orqa
• Erta bahorda qaysi jinsdagi baqa sayraydi? 
a) erkak b) urg‘ochi
• Baqa embrioni nima bilan oziqlanadi? 
a) tuxumdagi sariqlik b) mayda suvo‘t
1 5 - § . O d a m o r g a n l a r i s i s t e m a s i
Avvalgi darslarda o ‘rganganimizdek, har qanday tirik organizm 
hujayralardan tashkil topgan. Bir xil vazifani bajaruvchi hujayralar 
yig‘ indisi to'qim ani hosil qiladi. Bir nechta to ‘qimalar birlashib or- 
ganni, organlar esa organlar sistemasini hosil qiladi. Organlar sis­
temasi birgalikda yaxlit organizmni hosil qiladi. Masalan, odamda 
ham hujayralar yig‘ indisidan iborat biriktiruvchi to ‘qima, muskul va 
epiteliy to ‘qimalari birlashib, qon tomir devorini va yurakni hosil qi­
ladi. Yurak, kapillyarlar, vena va arteriya qon tomirlari qon aylanish 
sistemasini tashkil qiladi (71-rasm). Odamda quyidagi organlar 
sistemasi mavjud.
1. 
T a y a n c h - h a r a k a tla n is h s is te m a s i skelet va muskullardan 
tashkil topgan (73-rasmga qarang, 1,4). Skelet bosh, tana, q o ‘ l va 
oyoq suyaklaridan iborat. Miya qutisi bosh miyani, ko‘ krak qafasi 
o ‘pka va yurakni himoya qiladi. Suyakning ko‘ mik qismida qonning 
shaklli elementlari hosil b o ‘ ladi. Organizm harakatini skelet mus- 
kullari amalga oshiradi. Skelet muskullari odam ixtiyoriga b o g ‘ liq 
holda ishlaydi. Yelkadagi ikki boshli muskulning qisqarishi va uch

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin