3. Jurnalda bir nechta sahifalar rejalashtiriladi. Masalan, o‘sim-
liklar olami uchun «Yashil dorixona», «Tabiat ajoyibotlari», «Xona
gullari», «O‘simliklar laboratoriyasi» kabi qiziqarli sahifalar tan-
lanadi.
4. Muxbir va suratkashlar ko‘ngilli kishilardan (ota-ona, o‘rtoqlari,
qo‘shnilar) intervyu oladilar va muloqot o‘tkazadilar. O‘tkazilgan
tadbir rasmini olib, bu jarayonni yozma yoritib beradilar.
5. Jurnalist internet, turli ilmiy-adabiy kitoblardan, jurnallardan
mavzuga oid ma’ lumotlarni to ‘plab, qiziqarli sahifaga mos ra-
vishda taqsimlaydi.
6. Muharrir jarayonning borishini nazorat qiladi. Jurnal o‘z mud-
datida xatosiz chop etilishini ta’minlaydi.
7. Jurnal tayyor bo‘lgach, har bir o‘quvchi tayyorlagan materi-
alini taqdimot qilib beradi. Har bir o‘quvchi uchun ma’ lum vaqt
belgilanadi.
8. O‘qituvchi o‘quvchilarning tayyorlagan materialining xatosiz
bo‘lishini, o‘zi qilgan ishlarni ko‘pchilikka yoritib bera olishini
baholaydi.
Dostları ilə paylaş: