Biologiya 5 new indd



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/78
tarix13.12.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#176494
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
5-biologiya

edurtm_uz
91


DARSLIKDA UCHRAYDIGAN AYRIM 
ATAM ALA R IZOHI
antotsian - qizil rangli pigment;
assimilyatsiya - sintez reaksiyalari, masalan, oqsil biosintezi, fotosin- 
tez. Bu jarayonda energiya sarflanadi;
avtotrof - (avto - o‘zi; trofik - ozuqa degan ma’ noni anglatadi) o‘z 
ozuqasini o‘zi sintezlaydigan yashil o simliklar va ayrim bakteriyalar ki- 
radi;
biotsenoz - (bios - tiriklik, senoz - uyushma) tirik organizmlar uyush- 
masi;
dissimilyatsiya - parchalanish reaksiyalari, masalan, hazm qilish sis- 
temasida oqsil, yog‘, uglevodlarning o‘z tarkibiy qismlarigacha parcha- 
lanishi. Bunda energiya hosil bo‘ladi;
epidemiya - yunoncha so‘z bo lib, kasallikning ko‘pchilik aholi 
o‘rtasida yoppasiga tarqalishi;
eukariotlar - (eu - haqiqiy, karion - yadro degan ma’noni angla­
tadi) yadrosi yaxshi shakllangan organizmlar bo‘lib, ularga zamburug‘, 
o‘simlik va hayvonlar kiradi;
fitonsid - o‘simlik bakteriyalarga qarshi ishlab chiqaradigan modda. 
gameta - jinsiy hujayra;
geterotrof - tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar: bakteriya
zamburug‘ va hayvonlar kiradi;
karantin - italyancha va fransuzchadan tarjima qilinganda, 40 kun 
degan ma’noni anglatadi;
konsumentlar - iste’mol qiluvchilar, o‘txo‘r va yirtqich hayvonlar ki- 
radi;
kutikula - lotincha yupqa po‘st degan ma’noni anglatadi; 
metabolizm - moddalar almashinuvi, assimilyatsiya va dissimilyatsi- 
yaning yig‘indisi;
mikroskop - (yunoncha mikro - kichik, skopeo - ko‘raman degan 
ma’noni anglatadi) kichik obyektlarni kattalashtirib ko‘rsatuvchi labora­
toriya jihozi;
mochevina - hayvonlardan ajraladigan qoldiq modda; 
oziq 
zanjiri
- o‘zidan oldingisini yeb, keyingilariga ozuqa bo‘ladigan 
organizmlar jamoasi;
paleontolog - qadimda mavjud bo‘lgan organizmlarni o‘rganuvchi 
olim;
edurtm_uz
92


plastida - o‘simlik hujayrasida uchraydigan organoid. 3 xil bo‘ladi: 
xloroplast, xromoplast va leykoplast;
produtsent - organik modda hosil qiluvchilar, yashil o simliklar kiradi; 
prokariotlar - (yunoncha protos - gacha, karion - yadro degan 
ma’noni anglatadi) yadrosi shakllanmagan organizmlar. Ularga bakteri­
yalar va ko‘k-yashil suvo‘tlar kiradi;

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin