amalga oshadi. Ko‘ p hujayrali hayvonlar nerv sistemasi va sezgi
organlari (ko‘ rish, eshitish, ta ’ m bilish)ning mavjudligi bilan boshqa
tirik organizmlardan farq qiladi. Hayvonlar nerv sistemasi va sezgi
organlari yordamida tashqi muhitdan kelayotgan m a’lumotni qabul
qiladi va unga javob qaytaradi.
Organik olamda yana shunday mavjudotlar borki, ular mustaqil
yashay olmaydi. Bunday hayot shakllari viruslar deyiladi.
V iru s la r. Viruslar hayotning hujayrasiz shakli b o ‘lib, jonsiz va
jonli tabiat o ‘ rtasida oraliq o ‘ rinni egallaydi. Chunki viruslar faqat
hujayra ichiga kirgandagina tirik organizmlarga o ‘xshash belgilarni
namoyon qiladi, ya’ ni ko ‘payadi. Hujayradan tashqarida tiriklik-
ka xos belgilarni namoyon qilmaydi. Viruslar hujayra ichiga kirib,
uning ozuqa moddasi hisobiga ko‘ payadi va hujayrani nobud qi
ladi. Viruslar hamma hujayraga ham ta ’sir qilavermaydi. Masalan,
gepatit A va B virusi jigar hujayralarida, gripp va koronavirus nafas
y o ‘llarining shilliq qavatida, gerpes virusi lab epiteliysida parazitlik
qiladi. Bakteriyalarda bakteriofag, o ‘simliklarda tamaki mozaikasi
virusi, hayvonlarda quturish virusi parazitlik qiladi.
Dostları ilə paylaş: