Biologiya darslarida tayanch kompetensiyalarni shakllantirish



Yüklə 34,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü34,1 Kb.
#189368
  1   2   3   4
Halimova Maftuna Qiyomovna



SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI 
respublika ilmiy-uslubiy jurnali 
25 
BIOLOGIYA DARSLARIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH
USULLARI 
 
Halimova Maftuna Qiyomovna 
Buxoro viloyat G'ijduvon tuman
14- o'rta ta'lim maktabi biologiya fani òqituvchisi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada biologiya o’quv dasturda belgilangan tayanch 
kompetensiyalarni biologiya darslarida shakllantirishdagi o’qituvchi va o’quvchi bilan 
bo’g’liq muammolar va ularni yechimiga oid tavsiyalar berilgan. 
Kalit so’zlar:
Kompetensiyaviy yondashuv, tayanch kompenetsiya, kammunikativ 
kompetensiya, axborot bilan ishlash kompetensiyasi, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish 
kompetensiyasi, shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasi, ijtimoiy faol 
fuqarolik kompetensiyasi, milliy va umummadaniy kompetensiyasi, matematik savodxonlik, 
fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasini 
 
Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta‟lim – o„quvchilarda egallangan 
bilim, ko„nikma va malakalarini o„z shaxsiy, kelgusida kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida 
amaliy qo„llay olish kompetensiyalarini shakllantirishga yo„naltirilgan ta‟limdir. 
O‟quvchilar kelgusida hayoti davomida shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy 
munosabatlarga kirishishi, jamiyatda o„z o„rnini egallashi, mazkur jarayonda duch 
keladigan muammolarning yechimini hal etishi, eng muhimi o„z sohasi, kasbi bo„yicha 
raqobatbardosh bo„lishi uchun zarur bo„lgan tayanch kompetensiyalarga ega bo„lishi 
lozim. Ta‟lim-tarbiya jarayoniga kompetensiyali yondoshuv o„qitish maqsadlariga 
erishish uchun ta‟lim mazmunini boyitish o„quv jarayonini innovatsion texnologiyalar 
asosida tashkil etish va natijalarini tahlil etishga imkon beradigan umumiy prinsiplar 
yig‟indisi sanaladi.Kompetensiya tarkib toptirish usullari va shaxs hayotidagi 
ahamiyatiga ko„ra darajalarga ajratiladi. O‟quvchi shaxsining umumiy rivojlanishiga 
zamin tayyorlaydigan kompetensiyalar tayanch kompetensiya, faqat biologiya o„quv 
fani orqali tarkib toptiriladigan kompetensiyalar xususiy kompetensiyalar 
deyiladi.Biologiya fanidan o„quvchining kompetensiyasi – biologiya fani bo„yicha 
egallagan bilim, ko„nikma va malakalarini kundalik hayotida duch keladigan amaliy va 
nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo„lay olish qobiliyatidir. 
Biologiya o„qituvchisi o„quvchilarda yuqorida qayd etilgan tayanch kompetensiyalarni 
tarkib toptirish maqsadida o„quv fani mazmunini tahlil, etishi, o„qitishning barcha 
shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va sinfdan tashqari 
mashg‟ulotlarda olib boriladigan ishlarni tizim va bir-biriga uzviy ravishda amalga 
oshirishni loyihalashi lozim. Quyida biologiyani o„qitishda o„quvchilarda tayanch 
kompetensiyalarni tarkib toptirish imkoniyatlari yuzasidan fikr yuritiladi.Biologiya 
o„qituvchisi kommunikativ kompetensiyani tarkib toptirishni nazarda tutgan holda 



Yüklə 34,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin