SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 26 biologiya darslarida o„quvchilarning kelgusida jamiyatda muloqotga kirishishi uchun
zarur bo„ladigan og‟zaki va yozma nutqni mukammal o„zlashtirishi, o„z fikrini aniq va
tushunarli bayon etish, darslik va qo„shimcha adabiyotlardagi matn asosida mantiqiy
ketma-ketlikda savollar tuzish, savollarga yozma va og‟zaki javob yozish, o„z o„rtoqlari
va ustozlar bilan muloqotda muomala madaniyati me‟yorlariga amal qilish, kichik
guruhlarda ishlash jarayonida guruh a‟zolarining fikrini hurmat qilgan holda o„z fikrini
bayon eta olish, jamoaviy hamkorlikda ishlay olish, o„zlashtirgan bilim, ko„nikma va
malakalariga asoslangan holda o„z fikrini himoya qilish va ishontira olish, darslarda
tashkil etiladigan o„quv bahslar va turli ziddiyatli vaziyatlarda o„z ehtiroslarini
boshqarish, muammo va kelishmovchiliklarni hal etishda zarur bo„lgan qarorlarni qabul
qila olish, o„z ona tili bilan bir qatorda horijiy tillarni o„zlashtirishiga zamin yaratishi
lozim.O‟quvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishda biologik
kechalar va tanlovlar muhim ahamiyat kasb etadi. Biologiya o„qituvchisi o„quvchilarda
axborot bilan ishlash kompetensiyasini tarkib toptirish maqsadida mavzuga oid o„quv
va videofilmlardan foydalanishi, qo„shimcha adabiyotlar va internet saytlaridagi
ma‟lumotlarni saralashi, shu asosda o„quvchilarga referat, doklad va taqdimot
materiallarini tayyorlash yuzasidan topshiriqlarni berish orqali ularning ilmiy
dunyoqarashini kengaytirishi uchun dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va
sinfdan tashqari mashg‟ulotlardan samarali va o„z o„rnida foydalanishi zarur.Biologiya
o„qituvchisi “Yosh biologlar” to„garagining ish rejasini tuzishda o„quvchilarda axborot
bilan ishlash kompetensiyasini tarkib toptirish nazarda tutishi lozim.Biologiya
o„qituvchisidan o„quvchilarning shaxs sifatida o„z-o„zini rivojlantirish kompetensiyasini
tarkib toptirish maqsadida o„quvchilarning mustaqil ishlari va ta‟limiga e‟tibor
qaratishi, o„quvchilarning o„z-o„zini baholashi uchun mavzular bo„yicha standart va
nostandart o„quv va test topshiriqlari bazasini yaratishi, uni kompyuter xotirasiga
joylashtirib adaptiv test topshiriqlariga aylantirishi, shuningdek, o„quvchilar bilan
o„tkaziladigan ma‟naviyat daqiqalarida jismoniy, ma‟naviy, ruhiy va intellektual
kamolotga erishishga yo„naltirish talab etiladi.Biologik ta‟lim-tarbiya jarayonida
innovatsion
texnologiyalar,
jumladan,
o„quvchi
shaxsiga
yo„naltirilgan
texnologiyalardan foydalanish o„quvchilarning shaxs sifatida o„z-o„zini rivojlantirish
kompetensiyasini tarkib toptirish imkonini beradi.Biologiyani o„qitish jarayonida
o„quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini tarkib toptirishda biologiya
darslari, darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va sinfdan tashqari mashg‟ulotlar muhim
o„rin tutadi. Mazkur jarayonda o„quvchilarni tabiat va jamiyatda bo„layotgan voqea,
hodisa va jarayonlar, mavzuga doir O‟zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari
bilan tanishtirish, aqliy, ma‟naviy-axloqiy, iqtisodiy, huquqiy, jismoniy, mehnat
tarbiyasiga e‟tibor qaratish, muayyan kasbni mukammal egallash orqali Vatan
ravnaqiga hissa qo„shish, jamiyat va oilasi manfaatlari uchun xizmat qilish, insonlarga
mehr-muruvvat ko„rsatish, saxovatli bo„lishga undash zarur.O‟quvchilarda ijtimoiy faol
fuqarolik kompetensiyasini tarkib toptirishda o„qitishning barcha shakllari: dars,