SO‘NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI respublika ilmiy-uslubiy jurnali 27 darsdan tashqari ishlar, ekskursiyalar va sinfdan tashqari mashg‟ulotlarda olib
boriladigan ishlar muhim o„rin tutadi.Tabiat muhofazasiga oid kechalar,
ko„kalamzorlashtirish tadbirlari, taniqli yozuvchilar va olimlar bilan uchrashuvlar
o„tkazish o„quvchilarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini tarkib toptirishga
zamin tayyorlaydi. O‟quvchilarda milliy va umummadaniy kompetensiyalarni tarkib
toptirish uchun o„qituvchi biologiyani o„qitishda o„quvchi-yoshlar ongi va qalbiga
milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirish orqali o„zgalarning dunyoqarashi, diniy
e‟tiqodi, milliy va etnik hususiyatlari, an‟ana va marosimlarini hurmat qilish, xalqning
tarixiy, ma‟naviy va madaniy merosini avaylab asrash, jamiyatda o„rnatilgan odob-
axloq qoidalariga rioya qilish, orasta kiyinish, yurish - turishda madaniy me‟yorlarga va
sog‟lom turmush tarziga amal qilish, aqliy, ma‟naviy-axloqiy, iqtisodiy, huquqiy,
jismoniy, mehnat tarbiyasi barobarida estetik tarbiyaga e‟tibor qaratishi
lozim.O‟quvchilar bilan o„tkaziladigan mavzuli kechalar, tadbirlar, uchrashuvlar,
shanbaliklar o„quvchilarda umummadaniy kompetensiyalarni tarkib toptirishda muhim
rol o„ynaydi.O‟quvchilarda matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan
xabardor bo„lish hamda foydalanish kompetensiyasini tarkib toptirishda biologiya
o„qituvchisi o„quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko„nikmalarini
rivojlantirish maqsadida hisoblashga doir biologik masalalar, nostandart o„quv
topshiriqlari bilan ishlashni yo„lga qo„yishi lozim.Biologiya darslarida gul formulasi
asosida gulning tuzilishini izohlash, modelini sharhlash, gul diagrammasini chizish,
iqtisodiy foyda keltiradigan biologik masalalardan foydalanish tavsiya etiladi.Yuqorida
qayd etilgan fikrlar biologiyani o„qitishda o„quvchilarda tayanch kompetensiyalarni
tarkib toptirishga zamin tayyorlaydii .Biologiya o„qituvchisi o„quvchilarda tayanch
kompetensiyalarni tarkib toptirish barobarida ularda umumiy (predmetli)
kompetensiyalarni tarkib toptirishga ham e‟tibor qaratishi lozim. Mazkur jarayonda
biologiyani o„qitishda o„quvchilarning ijtimoiy-gumanitar, tabiiy-matematik va amaliy
o„quv fanlardan o„zlashtirgan bilim, ko„nikma va malakalarini amalga qo„llashiga zamin
tayyorlaydigan fanlararo bog‟lanishlarni amalga oshirish orqali tarkib umumiy
kompetensiyalarni tarkib toptirishni loyihlashi lozim. Shu o„rinda qayd etish lozimki,
biologiya o„qituvchisi o„rganiladigan mavzuning mazmunini tahlil qilishi, ta‟lim-tarbiya
jarayonida fanlararo bog‟lanishni amalga oshirish yo„llarini belgilashi lozim.