MUSTAQIL ISH Mavzu: Asosiy zaxira moddalar va moddalar almashinuvidagi vazifasi.
Bajardi: Ruhiddinova M. Tekshirdi:
Toshkent-2023
REJA Kirish.
1.Urug’larda zaxira moddalarini yig’ilishi.
2.Moddalar almashinuvida zahira moddalarini o’rniva vazifasi
3.Glukazaning o’simlillar hayotidagi ahamiyati
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
URUG'LARDA ZAHIRA MODDALARINI YIG'ILISHI
Urug'larda zahira moddalarining yig'ilishi yuksak o'simliklarning eng muhim afzalliklaridan biridir. Chunki murtak va o'simta o'zining boshlang'ich rivojlanishida plastik moddalar va energiya bilan to'la taminlanish imkoniga ega bo'ladi. Ayrim hollarda zahira moddalar urug'pallalarda xam to'planishi mumkin. Sunday hollarda urug'da endosperm bo'lmaydi. Bularga dukkakli o'simliklar urug'lari misol bo'la oladi.Boshoqdoshlar oilasi vakillari urug'larida esa zahira oziq moddalar endospermda to'plangan bo'ladi. Ayrim o'simliklar, masalan garmdori, lavlagi va boshqa ayrim o'simliklardagi zahira moddalar yig'ilgan to'qimalarni nutsellus deyiladi. Sunday holda zahira moddalar perisperm deyiladi. Zahira moddalar sifatida urug'larda oqsillar 55% (dukkaklilar), uglevodlar 80% (dukkaklilar, boshoqdoshlar), yog'lar 60% (ayrim moyli o'simliklar), fosfor birikmalaridan esa asosan fitin to'planadi. Fitin asosan urug'laming aleyron donchalarida yig'iladi.
Zahira oqsillar. Dukkaklilar urug'i zahira oqsil moddalari asosan globulinlardan (tuzlarda eruvchi oqsillar) iborat.
Boshoqdoshlar endospermning atrofida aleyron qavat bo'lib ular oqsillarga boydir. Bu hujayralarda 0,2-20 mkm o'lchamli dumaloq aleyron donchalar bo'lib, ular bir qavatli membrana bilan o'ralgandir. Aleyron donachada krisstalloidsimon oqsil bo'lib donachaning katta qismini egallaydi. Shunindek donachada amorf oqsillar va fitin globulasi mavjud. Fitin globulasi va kristall oqsil tutgan aleyron donachalar ko'pchilik o'simliklar urug’larida uchraydi.Boshoqdoshlar urug'lari endospermida oqsilning asosiy qismini spirtda eruvchi prolaminlar va ishqorda eruvchi glyutelinlar tashkil qiladi. Umuman aleyron donachalar to'rsimon endoplazmatik retikulumdan kelib chiquvchi maxsus vakuolalardan tashkil topadi. Oqsillar sintezi endoplazmatik retikulum membranalari ustida joylashgan ribosomalar tufayli ro'y beradi.Oqsil endoplazmatik retikulumning ribosomalardan bo'sh bo'lgan qismida to'planadi. So'ngra vakuol ipchasining uzilishi ro'y beradi va undan aleyron doncha xosil bo'ladi. Aleyron donchasidan suv yo'qolish natijasida krisstalloidlar hosil bo'ladi.