Biologiya fakulteti



Yüklə 42,21 Kb.
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü42,21 Kb.
#195806
1   2   3   4   5
zaxira moddalari

Kraxmalning yig'ilishi. Kraxmal asosan urug'lari zahira to'qimalarida yog' moddalari kam bo'lgan endosperm va urug'pallalarda yig'iladi. Kraxmal sintezi xloroplastlar va leykoplastlarda ro'y beradi. O'zida ko'p kraxmal to'plagan leykoplastlar amiloplastlar deb ataladi. Kraxmal donachalari qavatliligi bilan farq qiladi. Bu o'z navbatida ikkita uglevod-amiloza va amilopektning navbatlanishidan hosil bo'ladi. Kraxmal donachalarining qavatlanishi uning sintezining sutkalik holatiga -xam bog'liqdir.


Yog'larning yig'ilishi. Ma’lumki, yog'lar parchalanganda oqsillar va uglevodlarga nisbatan ikki barobar ko'p energiya ajratish xususiyatiga ega. Ularda suv bo'lmaydi ammo urug'lar unishi vaqtida yog'laming oksidlanishi natijasida suv ajralib chiqadi. Bu quruq tuproqlarda unuvchi urug'lar uchun muhim axamiyatga egadir.Yog'lar sintezi endoplazmatik retikulumning silliq qismida ro'y beradi. Hosil bo'lgan trigletsiridlar vezikulalarda yig'ila boradi. Buning natijasida ularning membranalarining qalinligi orta boradi va vezikulani butunlay to'lg'azadi Hujayraning bunday hosilalarini yog' tomchilari yoki sferosomalar deyiladi. Sferasomalar tarkibiga yog'larni parchalash uchun zarur bo'lgan gidrolazalar ham kiradi.

Mineral tuzlarning yig'ilishi. O'simlik urug'lari hujayralarida kraxmal, oqsil, yog'lar bilan bir qatorda mineral tuzlar ham yig'iladi. Ushbu mineral tuzlar tarkibidagi kationlar va anionlar bir qator fermentlarning katalizatorlari hisoblanib urug'laming tinchlik holatida va undan chiqishida faol o'rin tutadi.Urug'larning tinim holati-Urug'larning suvsizlanishi ularning tinchlik yani anabioz holatiga o'tishiga olib keladi. Bunda hayotiy jarayonlar shunchalik sekinlashgan bo'ladiki, hatto xayotning ko'rinarli holatini sezib ham bo'lmaydi. Urug'larning tinchlik holati o'siliklarning evolyutsiya jarayonida bir qancha noqulay muhitlarga moslanishidan kelib chiqqan.Tinchlik holatiga o'tgan o'simlik urug'lari juda past hattoki -230°C haroratga ham chidashi mumkin. Urug'larning tinchlik holati har-xil yani bir necha haftadan bir qancha yillargacha bo'lishi mumkin. Ammo pishgandan so'ng birdan ko'karish qobiliyatiga ega o'simliklar urug'lari ham bor.Fiziologik mexanizmi jihatidan Urug'larning tinchlik xolati ikki xil yani majburiy va fiziologik tinchlik holatlariga bo'linadi.Urug'larning majburiy tinimi. Urug'larning majburiy tinchligi ularga havo (kislorod) va namlikning yetishmasligi hamda past harorat tufayli bo'lishi mumkin. Masalan, dukkaklilar urug'lari suvni o'tkazmaydi, shuning uchun ular uzoq vaqt suvda bo'kmasdan turadi. Qovoq urug'i qobig'i O2 o'tkazmaydi. Shuning uchun uning qobig'ini ozgina tirnalsa urug'ga suv va kislorod kirishi yengilashadi va urug' tez nish uradi. Bu usul skarifikatsiya deyiladi. Tuproqda esa fizik omillar va mikroorganizmlarning faoliyati tufayli urug' qobig'ning yorilishi ro'y beradi va bu urug'ning unishiga olib keladi.Urug'larning majburiy tinchligi unchalik xavfli emas. Unishga qarshilik qilayotgan fizik omillar yo'qotilsa urug' una boshlaydi.Urug'larning fiziologik tinchligi. Urug'ning unishi uchun barcha qulay muhit sharoitlari bo'lsada uning tinchlik holatida bo'lishi chuqur fiziologik tinimi deyiladi. Bunga suli, bug'doy va boshqa boshoqdoshlar donlarining daladan yig'ib olinganidan so'ngi pishibyetilishishini misol qilib ko'rsatish mumkin. Buning asosiy sababi esa urug'larda o'sishga qarshi bo'lgan fenol tabiatli birikmalar miqdorining nisbatan yuqori bo'lishligidir. Masalan urug' qobig'i va murtakda ABK gormonining miqdori ko'p bo'ladi. Agarda bug'doy o'rilganidan sung uzoq vaqt yog'ingarchilik bo'lishi va uning natijasida urug' qobig'idagi fenol birikmalari yuvilib ketsa urug'lar una boshlashi mumkin.



Yüklə 42,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin