Biologiya fakulteti


Kanakunjuturug'laridagi aleyron donchalarni joylashuvi



Yüklə 42,21 Kb.
səhifə3/5
tarix25.12.2023
ölçüsü42,21 Kb.
#195806
1   2   3   4   5
zaxira moddalari

Kanakunjuturug'laridagi aleyron donchalarni joylashuvi
Urug'larni unishi. O'simliklarning o'sishi dastlab urug'larni unib chiqishidan boshlanadi. Urug'da uch qism bor: qobiq,, boshlang'ich murtak (barg, ildizcha, boshlang'ich poya). va endosperm. Urug'ning endosperm qismi zahira moddalar to'planadigan joy. Urug'larning unishi 4 bosqichdan, yani bo'kish, nish urish tuproqda geterotrof o'sish, o'sib chiqish va geterotrof oziqlanishga o’tish.

Bo'kish.Urug' nam sharoitga masalan tuproqga tushganda suvni shima boshlaydi va buning natijasida bo'rtadi. Urug'ga suvning kirishi birinchi navbatda biokalloidlarning gidratlanishiga sabab bo'ladi. Buning natijasida urug'dagi onkotik bosim ortadi. Bo'rtish jarayoni to urug' qobig'i yorilgunicha davom etadi. Suvning urug'larga yutilishi haroratga, kislorodga va yorug'likga deyarli bog'liq emas. Bo'kish bosimi shunchalik katta bo'ladiki, ayrim hollarda (no'xot) shisha idishni ham sindirishi mumkin. Bo'kish qaytar jarayon bo'lib urug'ni yana ko'karuvchanligini yo'qotmasdan turib suvsizlantirish mumkin.
Bo'kish jarayonida gidrolitik jarayonlar faollashadi, oqsil sintezi boshlanadi va nafas olish jadalligi ortadi. Quruq urug'lar tomonidan kislorodning yutilishi katta emas 10-11% atrofida. Urug' namligi 14-15% bo'lganda nafas olish jadalligi 4-5 marotaba oshsa, namlikning 40-50% bo'lishi nafas olish jadalligini nazoratga nisbatan 1000 marotaba ortishiga olib keladi. Ammo barcha hollarda ham nafas olish jadalligi haroratga bog'liqdir.
Nish urish. Urug'ning suvlilik darajasi 40-60 bo'lganda qobiq, yoriladi Qobiq yorilganidan so'ng murtak ildizchasi va uchlari paydo bo'ladi. Ildizning paydo bo'lishi hujayralarning bo'linish faolligiga bog'liq emas. Ildizning keyingi qismi murtak o'qi (gipokotil va ildiz) hujayralarning cho'zilishi hisobiga bo'ladi. Hujayra devorining cho'zilishi esa nafas olish jarayonida ajralib chiqqan CO2 ta’sirida kislotalikning oshishi hisobiga va auksinning bog'langan formadan erkin holatga o'tishi va NQ-pompasining faollanishi hisobiga bo'lishi mumkin.
Embrional to'qimalar, hujayralarning jadal bo'linishi hisobiga o'sa boshlaydi. Ushbu vaqtda zahira moddalar yani biopolimerlar parchalanib ularning monomerlari-oddiy moddalar hosil bo'ladi. Buning hisobiga esa murtak o'sadi. Murtakdan chiqqan barg va ildizcha o'sib, mustaqil oziqlanishga o'tadi. Yuqoridagi jarayonlar asosida hujayralarning bo'linishi va meristematik to'qimalarning ko'payishi ro'y beradi.

Yüklə 42,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin