6.Perm davrida iqlim quruqroq va sovuq bo’lgan. Unda sudralib yuruvchilar xosil bo’lgan.
Mezozoy erasi 175mln.yil davom etgan. 1.Trias davrida iqlim quruq kelgan. O’simliklardan ochiq urug’li o’simliklar ko’paygan. Sudralib yuruvchilarning xilma-xilligi ortgan. Ulardan dastlabki sut emizuvchi xayvonlar kelib chiqqan.Tahmin qilinishicha ,ular hozirgi o'rdakburun ,yexidna kabi tuxum qo'yib ko'paygan.
2.Yura davrida iqlim issiq va nam bo’lgan. O’simliklar ko’plab yashagan. O’txo’r sudralib yuruvchi xayvonlar (Arxeoopteriks)lar, shu davrda paydo bo’lgan.
3.Bo’r davrida gulli o’simliklar tez ko’paydi. Atmosfera quruq bo’lgan. Bo’rni 2-yarmida xaltalilar va yo’ldoshlilar paydo bo’lgan.
Kaynozoy erasi 70mln.yil davom etgan. Bu era gulli o’simliklar, xasharotlar, qushlar, sutemizuvchilar avj olib rivojlangan eradir. 1.Uchlamchi davrni oxirida Primatlar kelib chiqqan. Uni oxirida esa dastlabki maymunsimon odamlar paydo bo’lgan.
2.To’rtlamchi davrga kelib odam evolyusiyasi tezlashadi. Endi odamlar o’rmonlarga va yirik o’txo’r hayvonlarga tajavuz qila boshlaydilar. Asta sekin xonaki xayvonlar, madaniy o’simliklarni dastlabki navlari xosil qilingan.
ATAMALAR LUG’ATI.
Aromorfoz — yunoncha aim — yuksalish, morfos — shakl. Organizmlar tuzilishi, hayot faoliyatining yuksalishi.
Arxey — yunoncha arxaios — qadimgi. Eng qadimgi era.
Arxeopteriks — yunoncha arxeo — qadimgi, pterus — qanot. Eng qadimgi qush.
Degeneratsiya — lotincha degenerare — tubanlashish. Organizmlarning murakkab tuzilishdan sodda tuzilishga o`tishi.
Idioadaptatsiya — yunoncha idios — o`ziga xos, lotincha adaptio — moslanish. Organizmlaming muhit sharoitiga moslanishi.
Ixteostega — yunoncha ixtius — baliq, stege — qopqoq. Devon davrida tarqalgan suvda va quruqlikda yashovchilar — stegotsefallarnig bir xili bo`lib, ular baliqlarning jabra, dum suzgich qanotlarini o`zida saqlagan.
Kaynozoy — yunoncha kaynos — yangi, zoe — hayot. Eng keyingi era.
Mezozoy — yunoncha mesos — o`rta, zoe — hayot. o`rta era.
Paleozoy — yunoncha palanos — qadimgi, zoe — hayot. Qadimgi era.
Proterozoy — yunoncha pwteros — birinchi, zoe — hayot. Birinchi hayot erasi.
Terapsid — qadimgi sudralib yuruvchilar va dastlabki sutemizuvchilar o`rtasidagi oraliq hayvon.