2. G‘allalarni doniga qarab aniqlash.
3. Donli ekinlari boshog‘iga qarab aniqlash.
4. G‘alla ekinlarini o‘simtasiga qarab aniqlash.
5. Donli ekinlarning ildiz tizimi.
6. Donli ekinlarning poyasi va bargi.
7. Donli ekinlarning guli va to`pguli.
8. Donli ekinlarning mevasi.
2-Amaliy mashg’ulot: Bug`doy turlari va tur xillarini aniqlash belgilari
Dars maqsadi: Talabalar bilan birgalikda bug’doy turlari va tur xillarini, belgilarini aniqlashni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Bug’doy turlari urug’lari, aniqlagichlar, o’lchagich, leneyka.
Ishni bajarish tartibi: Bug‘doy– g‘alladoshlar oilasiga mansub o‘tsimon o‘simliklar turkumiga kiruvchi eng qadimiy va hozirda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida ekiladigan asosiy don ekini. Somatik hujayralarida xromosomalarning soniga ko‘ra farq qiladigan 3 (diploid, tetraploid, geksaploid) qatorga kiradigan 30 ga yaqin yovvoyi va madaniy turlari bor.
Jahon dehqonchiligida asosan Yumshoq bug‘doy yoki Oddiy bug‘doy va Qattiq bug‘doy ekiladi. Qolgan turlari esa juda kam miqdorda ekiladi yoki butunlay ekilmaydi. Ko‘pgina bug‘doy turlari (Ararat, Maxa, Timofeyev bug‘doyi, Urartu, Fors bug‘doyi va boshqalar)ning vatani Zakavkazyedir. Bug‘doy Old va O‘rta Osiyo mamlakatlarida miloddan avvalgi 7-6-ming yilliklarda ma’lum bo‘lgan. 17-asrdan boshlab Shimoliy Amerikada ekila boshlangan. Bug‘doy shimolda Shvetsiya, Rossiyada, janubda Avstraliya, Janubiy Amerika, Afrikaning janubiy chegaralarigacha ekiladi. Jahonda bug‘doy ekiladigan maydonlar 250 mln. gektarga yaqin bo‘lib, yetishtiriladigan donning qariyb 30% i bug‘doyga to‘g‘ri keladi va bu o‘rtacha 360 mln.t dan ortiq deganidir. Asosiy g‘allakor mamlakatlar – Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, AQSH, Hindiston, Kanada. O‘zbekistonda 90-yillarning boshidan respublikaning g‘alla mustaqilligini ta’minlash uchun bug‘doy ekiladigan maydonlar kengaytirildi (1,2 mln. ga; 1999). Bug’doy tritikum avlodiga mansub bo’lib, juda ko’p turi bor. Akademik Jukovskiy bug’doyning hamma turini kelib chiqishi jihatidan bir-biridan farq qiladigan quyidagi 4 ta genetik guruhga bo’ladi.
1.Somatik hujayralarida 14 ta (yoki jinsiy hujayralarida 7 ta) xromosoma bo’lgan diploid guruh. Unga yakka donli bir qiltiriqli yovvoyi bug’doy, yakka donli 2 ta qiltiriqli yovvoyi bug’doy, yakka donli yovvoyi Urartu bug’doyi, yakka doni madaniy bug’doylar kiradi. (2 n = 14)
2.Somatik hujayralarida 28 ta yoki (jinsiy hujayralarida 14 ta) xromosoma bo’lgan tetraploid guruh (2 n = 28). Bunga Zakavkaz yovvoyi bug’doy, qo’sh donli yovvoyi bug’doy, Kolxida bug’doyi qattiq bug’doy kabilar kiradi.
3.Somatik hujayralarida 42 ta (yoki jinsiy hujayralarida 21) xromosoma bo’lgan geksaploid guruh (2 n = 42). Bunga max bug’doyi, geksaploid zanduri, Van bug’doy,yumaloq donli bug’doylar kiradi.
4.Somatik hujayralarida 56 ta yoki (jinsiy hujayralarida 28 ta) xromosoma bo’lgan oktoploid guruh (2 n = 56). Bug’doy turlari morfologik va xo’jalik jihatidan muhim bo’lgan belgilariga qarab ham guruhlarga bo’linadi:
ochiq donli bug’doy
po’stli bug’doy
Ochiq donli bug’doy boshog’ining o’zagi pishiq bo’lib, boshoq yetilganda u ayrim boshoqchalarga bo’linib ketmaydi, doni ochiq bo’ladi va ancha oson yanchiladi.
Bunga dik, qattiq bug’doy, misopotaniya bug’doyi, yumaloq donli bug’doy kabilar kiradi.
P o’stli bug’doy uning o’zagi mo’rt bo’lib, yetilganda boshoq o’zagining boshog’ining bo’g’imlari bilan birga ayrim boshoqchalarga ajralib ketadi. Doni yanchilganda boshoqchalardan ajralmasdan qolaveradi. Bug’doyning qolgan turi, yovvoyi holda o’sadigan yakka donli bug’doy, polbalar, zanduri, spelta kabi bug’doylar kiradi.