3-masala. Sariq, silliq donli makkajo’xori o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilgan. Lekin, duragay chatishtirish o’tkazilishiga qaramay, F2 da olingan o’simliklarning 75 % i sariq, silliq donli va 25 % i oq, burishgan donli bo’lgan. Tajriba takrorlanib, ko’p miqdordagi o’simliklar o’rganilganda ham natija o’zgarmagan. Nima uchun F2 da nazariy jihatdan fenotip bo’yicha 9:3:3:1 nisbatda emas, balki 3:1 nisbatda ajralish ketgan? Sababini tushuntiring.
4-masala. Gomozigotali sariq, burishgan donli makkajo’xori o’simliklari oq, silliq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari sariq, silliq donli bo’lgan, F2 da esa olingan o’simliklarning 1/4 qismi sariq, burishgan; 2/4 qismi sariq, silliq va 1/4 qismi oq, silliq donli bo’lgan, ya’ni F2 da don rangi va shakli bo’yicha 1:2:1 nisbatda ajralish ketgan. F1 duragaylari boshlang’ich har ikki ota-ona o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, olingan o’simliklar don rangi va shakli bo’yicha qanday nisbatga ega bo’ladi? O’rganilayotgan F1,F2, FB, ota-ona o’simliklarining genotipini aniqlang.
5-masala. Pomidor o’simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo’lib, bir xromosomada joylashgan. Selektsioner uzun poyali (N) va yumaloq mevali (R) gomozigota pomidor bilan kalta poyali (h) va noqsimon mevali (r) pomidorni chatishtirib, F1 da 110 ta, F2 da 1200 ta o’simlik yetishtirgan: a) F1 da uzun poyali va yumaloq mevasi qancha. b) F1 da necha xil gameta hosil bo’ladi. v) F2 da necha xil genotipik sinf yuzaga keladi. b) F2 da necha o’simlik kalta poyali noqsimon mevali bo’ladi.
6-masala. Xitoy primulasi gulining ustunchasi va og’izchasi rangini belgilovchi xromosomada joylashgan, Gul ustunchasining qisqaligi (L) dominant, uzunligi (l) retsessiv, ustuncha og’izchasining yashil rangi (Rs) qizil rangi (rs) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ustunchasi qisqa gomozigota, og’izchasi qizil bo’lgan o’simlik uzun ustunchali yashil og’izchali o’simlik bilan chatishtirilib, F1 da 990 ta, F2 da 1000ta duragay olingan: a) F1, da necha xil gameta hosil bo’ladi. b) F2 da nechta o’simlik qisqa ustunchali va yashil og’izchali bo’ladi. v) F2 da necha xil genotip hosil bo’ladi.