Amaliy mashg’ulot № 15 Mavzu: Belgilarning to’liq birikkan holda irsiylanishiga doir masalalar yechish va ularni tahlil qilish (2 soat)
Ishdan maqsad: Belgilarning birikkan holda irsiylanishiga doir masalalar yechishni o’rganish.
Kerakli jihozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompьyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: Diduragay va poliduragaylarda belgilarni hosil qiluvchi genlar har xil xromosomallarda joylashgan takdirdagina bu belgilar bir-biridan mustaqil ravishda nasldan-naslga o’tadi. Lekin hayvonlarda, o’simliklarda va odamda gomologik xromosomallar belgilarga ta’sir etuvchi genlarga. Nisbatan juda kam. SHunga ko’ra bitta xromosomada bir necha gen joylashishi tabiiy holdir. CHunonchi, drozofilaning somatik hujayralarida 4 juft xromosomallar bo’lgan holda belgi va xossalarni vujudga keltiruvchi genlar 1100 ta, birinchi xromosomada 400 ta, to’rtinchichi xromosomada 42 ta gen joylashgan. Odatda, bir xromosomada joylashgan genlar birikkan holda nasldan naslga o’tadi. SHunga ko’ra ular hosil qilgan belgilar kam nasldan birikkan holda o’tadi. Bu hodisani dastlab 1905 yili Betson va Pennetlar aniklagan bo’lsalar-da keyinchalik u Amerika genetigi T. Morgan va shogirdlari Bridjes ka Stertevant tomonidan rivojlantirilib, irsiyatning xromosoma nazariyasi yaratildi. Albatta bir xromosomada joylashgan genlarning birikkan holda nasldan-naslga o’tishi mutloq emas. Ba’zi hollarda meyozning profazasida ota-ona organizmlar gomologik xromosomaning o’zaro konьyugatsiyasi tufayli ular ayrim genlari bilan o’rin almashinishi mumkin. Bu hodisa krossingover deb ataladi. Krossingover yordamida genlarning xromosomadagi o’rni, ular orasidagi masofa, izchilligi aniklanadi va nihoyat genetik karta tuziladi. I. A. Zaxarov ma’lumotiga ko’ra hozirgi vaqtda proqariot va eukariot organizmlarning 100 dan ortiq turi uchun genetik karta tuzilgan.
Odatda, belgilarning mustaqil yoki birikkan holda nasldan-naslga o’tishini bilish uchun analiz qiluvchi ya’ni F1 ni mazkur belgilarni retsessiv gomozigota holda saklovchi forma bilan qayta chatishtirish metodidan keng foydalaniladi. Birikkan holda nasldan-naslga o’tishi va krossingover bilan bog’liq masalalarni yechish uchun studentlar xromosomallardagi, birikkan genlar, xromosomallarning chalkashuvi (krossingover), bir, ikki, ko’p tomonlama krossingover, uning hajmi, rekombinatsiya, krossingover, noqrossingover, gametalar, interferentsiya, birikish guruhi, genetik kartani: birikkan holda nasldan-naslga o’tishni va xromosomallarning genetik kartasini tuzish printsipini; xromosomada genlar chiziqli joylashganligini birikkan genlarni yozish sistemasini o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
1-masala*. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlar hosil qiladigan gametalari bo’yicha qanday farq qiladi?
A B A B A b
1) ═ ═ ; 2) ═══ ; 3) ═══
a b a b a B