15-masala. Trigeterozigotali (AaBbCc) organizmlarni tahliliy chatishtirish natijasida olingan dalillarni genetik tahlil qiling.
ABC = 81 AbC = 129
abC =2 Abc = 381
aBC = 372 ABc = 2
aBc = 120 abc = 73
Genlar orasidagi masofa va xromosomada genlarning joylashish tartibini aniqlang.
16-masala. Ikkita tajribada trigeterozigotali organizmlar orasida tahliliy chatishtirish o’tkazilgan bo’lib, ularda quyidagi natijalar olingan:
1) ABc = 290 2)ABC = 84
AbC = 37 ABc = 76
aBc = 39 AbC = 82
ABC =151 Abc = 78
abc = 147 aBC = 86
Abc = 20 aBc =74
aBC = 21 abC =82
abC = 288 abc = 80
Har ikki tajribada olingan natijalarni genetik tahlil qiling.
17-masala. AaBbCc genotipli o’simliklarda tahliliy chatishtirish o’tkazilganda quyidagi natija olingan:
AbC = 104 aBC = 5
abc = 180 Abc = 5
aBc =109 abC = 191
ABc = 221 ABC = 169
Olingan natijani genetik jihatdan tahlil qiling.
18-masala. A, B, C genlari bitta birikish guruhida joylashgan. A va C genlari o’rtasida olinadigan rekombinantlar miqdori 38 % ni, B va C genlari o’rtasidagi rekombinantlar miqdori 20 % ni tashkil qilsa, qanday miqdorlarda genotiplar hosil bo’ladi? Xromosomada bu genlar qanday tartibda joylashadi?
18-masala. A, B, C, D genlari bitta birikish guruhida quyidagi masofalarda joylashgan: A va B genlari orasidagi masofa 36 morganid, A va C genlari orasidagi masofa 20 morganid, A va D genlari orasidagi masofa 10 morganid. Yuqorida keltirilgan genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlang va xromosoma xaritasini tuzing.
19-masala. Ikki variantda trigeterozigotali (AaBbCc) organizmlar bilan tahliliy chatishtirish o’tkazilgan. Olingan natijalarni genetik tahlil qiling. Genlar orasidagi masofani hamda genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlang.
№ 1 № 2
ABC = 19 ABC = 55
ABc = 40 ABc = 49
AbC = 289 AbC = 51
Abc = 150 Abc = 50
aBC =148 aBC = 53
aBc = 291 aBc = 56
abC = 37 abC = 48
abc = 21 abc = 52
20-masala. Ikki variantda trigeterozigotali organizmlar bilan tahliliy chatishtirish o’tkazilgan. Olingan natijalarni genetik tahlil qiling. Genlar orasidagi masofani hamda genlarning xromosomada joylashish tartibini aniqlang.
№ 1 № 2
ABC = 42 ABC =5
ABc =38 ABc = 3
AbC =41 AbC = 46
Abc = 39 Abc = 68
aBC = 43 aBC = 72
aBc = 37 aBc = 48
abC =40 abC = 2
abc = 45 abc = 1
21-masala. Uorren parrandalarda genlarning birikkan holda irsiylanishini o’rganish uchun patlarning sekin rivojlanishini ta’min etuvchi S geni va patning kumushsimon rangda bo’lishini ta’min etuvchi T geniga ega bo’lgan parrandalarni shu belgilar bo’yicha retsessiv bo’lgan xo’rozlar bilan chatishtirgan. F1 da olingan tovuqlarni retsessiv gomozigotali xo’rozlar bilan qayta chatishtirib, quyidagi natijani olgan:
ST = 211; St = 14; sT = 68; st = 283.
Uorren bo’yicha krossingover foizini aniqlang.
22-masala. Makkajo’xorining yovvoyi tipi har uchta gen bo’yicha retsessiv gomozigotali (bargning jigarrang tomirlanishi – bm; aleyronning qizil rangi – p; o’simtaning sarg’ish rangi – v) bo’lgan forma bilan chatishtirilib olingan F1 duragaylari retsessiv forma bilan qayta chatishtirildi va quyidagi natija olindi:
bm+ p+ v+ =232 bm p+ v+ = 77
bm+ p v= 84 bm p v+ = 194
bm+ p+ v=201 bm+ pv+ =40
bmp+ v= 46 bm p v= 235
Genlar orasidagi masofani aniqlab, xromosoma xaritasini tuzing.