Ft1 –ft1va Ft2 –ft2 – asosiy genlar bo’lib, chigitning mikropillyar qismida tukning turli darajada rivojlanishini taьminlaydigan, polimer effektga ega. Bunda chigitning mikropillyar qismidagi tukning ko’p yoki kam bo’lishi Ft genlarning dominant allellari miqdoriga bog’liq bo’ladi.
3.Fc – fc qo’shimcha gen. Bu genning dominant allellari Ft genlarining dominant allellari bilan o’zaro komplementar munosabatda bo’lib, tukning chigitidagi xalaza va yon qismlarida rivojlanishini ta’min etadi.
Tola chiqishi bo’yicha keskin farqlanuvchi genetik kollektsiyaning izogen liniyalarini o’zaro chatishtirishdan olingan duragaylarida tola chiqishining irsiylanish asosida bu belgining murakkab genetik boshqarilishda kamida ikki guruh genlar ishtirok etishini ko’rsatib berdilar, ular qo’yidagilar:
1. Tola chiqishi (hosildorligi) ning genetik boshqarilishida ishtirok etuvchi polimer genlar, ularning o’zi ham ta’sir qilish kuchiga qarab ikki guruhga bo’linadi:
1.1. Tolaning polimer genlari. Ularning soni ikki juft FrA –frA va FrD-frD. Ular polimer tipda faoliyat ko’rsatib, chigit ustida tolaning rivojlanishida kuchli fenotipik effekt ko’rsatadi. Tola oligogenlarining retsessiv allellari retsessiv gomozigota holatida (frA frA frD frD) polimer genlarning faoliyatini bosib turadilar va polimer tolaning rivojlanmasligini ta’minlaydi;
1.2. Oddiy kumulyativ polimer genlar. (Fr1-fr1 Fr2-fr2 Fr3-fr3 ........... Frn-frn). Bu genlarning dominant allellari oligogenlarning dominant allellariga tayangan holda tola chiqimining miqdor jihatdan rivojlanishini (hosildorligini ) ta’minlaydi.
G’o’zada umumiy tola hosildorligi 60-70% mana shu ikki guruh polimer genlar tomonidan ta’minlanadi.