Urug’ tuklanishi bo’yicha genotipi; iiFt1Ft1Ft2Ft2FsFs Urug’lari butun yuzasi bo’ylab teng taqsimlangan tuklarga ega. (OS-tip).
L-500 liniyasi. Bu liniya SO60 gamma nurlari bilan indutsirlangan L-72 X L-47 duragaylarini o’z-o’zini changlash va tanlash yo’li bilan olingan. Urug’ mikropile zonasida “qalpoqcha” shaklidagi tuklarning mavjudligi va butun yuzasi bo’yicha qalin tolasi borligi bilan ta’riflanadi.
Tupi – shoh otib ketadigan, keng piramida shaklida, simpodil shohlar III-IV tipdagi.
Poyasi – sal yotib o’sadigan. Yashil, quyosh tomonidan sal antotsian dog’lari bor, kam tuklangan. Bosh poyasining balandligi 80-85sm., hs-7.
Barglari – o’rtacha kattalikda, kam tuklangan, panjasimon shaklida, chetlari salgina ichki tomonga qayrilgan. Bosh pallacha gumbazsimon shaklida.
Guli – o’rtacha kattalikda, yaxshi ochiladi. Gulbarg va changdonlari krem rangida. Urug’chi og’izchasi changchi kolonkasidan 3—4 mm.ga chiqib turadi.
Ko’sagi – kichkina tumtoq tumshuqchali tuxumsimon shaklida, usti silliq, 5 tavaqali. Ko’saklarining ochilishi yaxshi, pallachalar o’zaro va tavaqalar bilan yaxshi yopishib turishadi;
Signal belgilari bo’yicha genotipi: Ssinlinlololrprprst rst Yuqorida keltirilgan boshlang’ich liniyalarning tavsifidan ko’rinib turibdiki ular chigit tuklanishi va tola chiqishi bo’yicha bir biridan keskin farq qiladi.
G’o’zaning yangi izogen liniyalari va analizator - liniya bilan bo’lgan F1duragaylarida chigit tuklanishi belgisining irsiylanishi SHuni ta’kidlash kerakki, taxlil qilinayotgan boshlang’ich liniyalarni chigit tuklanishi bыyicha uch guruhga ajratish mumkin:
Birinchi guruhga chigitida tuki bo’lmagan-yalong’och urug’li liniyalar (gs): L-103, L-102;
Ikkinchi guruhga chigitning faqat mikropilyar qismida tuki bo’lgan liniyalar (MS) L-304, L-305, L-306, L-15;
Uchinchi guruhga chigitning hamma qismida tuki bor liniyalar (OS): L-500 va L-489. Bu guruhga kiruvchi L-500 chigitning tuklanishi L-489 nisbatan biroz farq qiladi.
Birinchi guruhga kiruvchi chigiti tuksiz (yalong’och urug’li) L-103 va L-102 liniyalari analizator liniya L-70 bilan chatishtirilganda F1 o’simliklari ham tuksiz chigitli bo’ldi. Ikkinchi va uchinchi guruhga kiruvchi chigiti mikropilyar tuklanishli L-304, L-305, L-306, L-15 liniyalari va chigitning hamma qismida tuk mavjud bo’lgan L-500 va L-489 liniyalari analizator liniya L-70 bilan chatishtirilganda hamma kombinatsiyalardagi F1 o’simliklari tuksiz chigitli bo’ldi, ya’ni chigitning tuksizligi dominantlik qildi.