Signal belgilari bo’yicha genotipi: SS inlinlololrprpstrstbrbr Urug’larning tuklanish bo’yicha genotipi: II ft1ft1ft2ft2fcfcLi1Li1Li2Li2 L-15 liniyasi. Bu liniya 153-F sortidan o’z-o’zini changlash va tanlash yo’li bilan olingan.
Urug’larining tuklari normal mikropilyar (n-ms) tipda. Tolasi oq.
Tupi - siqilgan (qisqa), tor konussimon shakilda. Barglanish o’rtachadan yuqori, cheklanmagan. I–II tipdagi simpodial shohlar, hs=6-7.
Poyasi – tik o’sadigan, och yashil, quyoshli tomondan ozgina antotsian dog’lari bor. Poya tuklanishi o’rtacha, bosh poyasining balandligi 100-140 sm.
Barglari - yirik, ko’kimtir yashil rangda, tuklanishi o’rtacha, panjasimon shakilda, bosh pallacha gumbazsimon.
Guli - o’rtacha kattalikda, gulbarglari och sariq rangida, asosidan antotsian dog’lari yo’q, changdonlari krem rangida . Og’izchasi ko’p hollarda, changchi kolonkasi ustidan chiqib turadi .
Ko’sagi- o’tkir tumshuqchali , tuxumsimon, usti mayda chuqurchali, 4-5 tavaqali
Signal belgilari bo’yicha ushbu liniyaning genotipi qo’yidagicha: inlinlOlOlSSrprpstrvstrv CHigit tuklanisha bo’yicha: iiFt1Ft1Ft2Ft2fcfc L-102 liniyasi. Bu liniya F3 L-15 x L-500 avlodida o’z-o’zini changlash va tanlash yo’li bilan olingan.
CHigiti tuksiz, lekin tolali. Oq tolali. Tupi- tarvaqaylagan, yashil. Simpodial shoxlari cheklangan II va III tipdagi. Monopodiya shoxlari 1-2, hs 6-7. Poyasi – tik o’sadigan, yashil, quyosh tarafidan salgina antotsianli rangda. Kam tuklangan. Barglanishi o’rtacha. Bosh poyasining balandligi 100-110 sm.
Barglari – panjasimon, yashil, kam tukli, o’rtacha kattalikda. Bargining bosh pallasining shakli gumbazsimon.
Guli –och sariq,o’rtacha,antotsian dog’siz. Ko’sagi - tuxumsimon 4-5 tavaqali, o’rtacha kattalikda, yashil, tumshuqchali, usti mayda o’yilgan.