1.3. CHigit tuklanishini ta’minlovchi asosiy strukturaviy genlar –Ft1-ft1 Ft2-Ft2. Bu genlarning dominant allellari ta’sirida pleyotrop effekti tufayli umumiy tola chiqimining 30-40% rivojlanadi.
1.4. CHigit tuklanishining ta’sir qiluvchi epistatik hususiyatiga ega bo’lgan ingibitor geni (I-i) ning dominant allellari gomozigotali yoki geterozigotali holatda faqatgina chigit tuklanishiga ta’sir qilib qolmasdan, balki pleyotrop tola rivojlanishini ta’minlovchi Ft1 va Ft2 genlarning ham faoliyatini to’htatib qo’yadi. Natijada, tola chiqishining 30-40% ni tashkil qiluvchi pleyotrop tola rivojlanmaydi. SHunday ekan, chigiti tuksiz, tola chiqimi yuqori bo’lgan g’o’za na’munalari va liniyalarini ajratib olishning imkoni yo’q;
CHigit tuklanishi va tola chiqishining irsiylanishini o’rganish uchun boshlang’ich material sifatida O’zbekiston Milliy Universitetida akad.J.A. Musaev rahbarligida yaratilgan g’o’zaning G.hirsutum.L. turiga mansub genetik kollektsiya tarkibiga kiruvchi chigit va ko’sagi yirik, tola indeksi va chiqishi yuqori, chigiti to’la tuklanishli bo’lgan L-15, L-102, L-103, L-304, L-305, L-306, L-489, L-500 va L-803 liniyalari, chigiti tuksiz va tolasiz, analizator sifatida ko’p foydalanilgan, L-70 liniyasi olingan. Tajriba jarayonida olingan duragaylar qo’yida keltirilgan: F1L – 15 x L – 70 ; L – 102 x L – 70; F1L – 103 x L – 70; F1L – 304 x L – 70; F1L – 305 x L – 70; F1L – 306 x L – 70; F1L – 489 x L – 70; F1L – 500 x L – 70; F1L – 489 x L – 803.
Quyida ushbu genetik kollektsiya tarkibidagi ayrim liniyalar bilan tanishamiz.
L-70 liniyasi. Bu liniya o’simlikshunoslik institutidan olingan L-720 namunasidan ko’p yil davomida o’z-o’ziga changlatish va tanlash yo’li bilan yaratilgan.
Bu liniya o’simliklarining tupi keng piramidal shaklida bo’lib, o’rta bo’yli, asosiy poya uzunligi 100-110sm, II-III shoxlanish tipiga ega, cheklanmagan. Bargi - oddiy, besh bo’lakli. Barg bo’laklarining shakllari gumbazsimon. Barg hajmi o’rtacha kattalikda. Rangi ochroq yashil. Gullari - o’rtacha kattalikda, gul tojibarglari-och sariq, gul yon barglari uncha yirik emas, tishchalari ingichka va mayda. Ko’saklari - tuxumsimon, mayda (2,5-3gr) asosan 5 chanoqli. Ko’sak ochilganda urug’lari bir-biriga qattiq yopishgan, tuksiz-tolasiz chigitlari 2-3 kundan keyin to’kilib ketadi.
CHigitlari mayda (1000 chigit og’irligi 80-90gr). Yuqorida aytilgandek tuksiz-tolasiz, ya’ni yalong’och.