Amaliy mashg’ulot № 4 Mavzu: Genetik masalalarning xillari, ularni yechish prinsiplari va genetik taxlil o’tkazishni oʼrganish. (2 soat) Ishdan maqsad: Mono, di va poliduragay chatishtirish bo’yicha masala yechishni o’rganish.
Kerakli jiҳozlar: Mavzuga oid tablitsalar, kompyuter texnologiyasida slaydlar namoyishi, tarqatma materiallar.
Ishning mazmuni: Monoduragay chatishtirish. CHatishtirishda ishtirok etgan ota-ona organizmlar biror belgisi bilan farq qilsa, ular monoduragaylar deyiladi. Birinchi bo’g’inda hosil bo’lgan belgi dominant, yashiringan belgi retsessiv belgi deyiladi. Birinchi bo’g’in duragaylarning o’rganilayotgan belgisi bo’yicha o’xshashligi Mendelning birinchi qonuni deyiladi. Agar birinchi bo’g’in duragaylar o’zaro chatishtirilsa, ikkinchi bo’g’inda 75% dominant, 25% retsessiv belgili formallar yuzaga keladi. Ana shunga asoslanib, Mendel o’zining ikkinchi qonunini kashf etgan. Uning mazmuni F1 duragaylarning xilma.xil bo’lishi va ular nisbatining 3:1 sxemada yuz berishadir. Mendel nima sababdan ikkinchi bo’g’in duragaylar xilma-xillik beradi, degan muammoni hal etish uchun gametalar sofligi gipotezasina ilgari surgan. Bu gipotezaga muvofik, har qanday organizmda tashqi-ichki belgi, xossalarni hosil qiluvchi irsiyatniig moddiy asoslari-faktorlari mavjud. Mendel ana shu faktorlarni lotin alifbosining harflari bilan ifodalanadi. Dominant belgining faktorini katta, retsessiv belgining faktorini kichik harf bilan belgiladi. Binobarin, turli organizmlarda tashqi belgi, xossalarning majmuasi- fenotipni va ana shu belgi-xossalarning rivojini ta’minlovchi irsiyatning moddiy asoslari yigindisini -genotipni farq qilish zarur. Organizmlarda bir belgi turlicha ko’rinishda namoyon bo’ladi. SHuning uchun ular allelomorf belgilar deb ataladi. Belgilarning rivojlanishini ta’minlovchi genlar esa allel genlar deb nomlanadi.
To’liq dominantlik holatda belgilarning irsiylanishi. 1-masala*. Pomidor o’simligida mevaning tuksiz bo’lishi tukli bo’lishi ustidan to’liq dominantlik qiladi. Tuksiz mevali pomidor o’simliklari tukli mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 50% i tukli mevaga va 50% i tuksiz mevaga ega bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.