Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə12/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

Masalaning yechilishi:
Tuksiz mevali pomidor o’simliklari tukli mevali o’simliklar bilan chatishtirilganda keyingi avlodda 1 : 1 nisbatda ajralish ketishi tuksiz mevali o’simliklar genotip bo’yicha monogeterozigotali (Aa) bo’lganligidan dalolat beradi. (A- tuksiz mevali pomidor; a- tukli mevali pomidor)
tuksiz tukli
P ♀ Aa X ♂ aa
g A, a a
F1 Aa - tuksiz, aa - tukli
2-masala*. Tuksiz mevali pomidor o’simliklaridan urug’ yig’ib olinib, ular ekilganda, urug’lardan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevaga ega bo’lgan. Boshlang’ich tuksiz mevali o’simliklarning genotipi qanday bo’lgan? Tuksiz mevali o’simliklarning keyingi avlodda ajralish bermaydiganlarini qanday ajratib olish mumkin?
Masalaning yechilishi:
Tuksiz mevali o’simliklar urug’idan unib chiqqan o’simliklarning 75% i tuksiz va 25% i tukli mevali bo’lishi o’rganilayotgan belgi bo’yicha 3 : 1 nisbatda ajralish ketganligidan dalolat beradi. Bunday nisbatda ajralish Mendelning ikkinchi qonuniga ko’ra boshlang’ich o’simliklarning monogeterozigotali ekanligini ko’rsatadi.
tuksiz tuksiz
P ♀ Aa X ♂ Aa
g A, a A, a
F1 AA - tuksiz
Aa - tuksiz
Aa - tuksiz
aa - tukli Nisbat 3 : 1
Keyingi avlodda ajralish bermaydigan o’simliklarni ajratib olish uchun har bir o’simlikdan urug’ alohida yig’ib olinib, keyingi yili ekib o’rganiladi. Ajralish bermaganlari tanlab olinadi. Yoki tahliliy chatishtirish o’tkaziladi ( tuksiz x tukli).
3-masala. Quyidagi genotipga ega bo’lgan organizmlar qanday tipdagi gametalarni hosil qiladi? Ularning genotip bo’yicha gomozigotali yoki geterozigotali ekanligini aniqlang.
a) BB b) Bb v) bb
4-masala. No’xat o’simligida donning sariq rangi (B) yashil rangi (b) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Quyidagi genotipga ega bo’lgan o’simliklarni chatishtirishdan olingan keyingi avlod o’simliklarining genotip va fenotiplarini aniqlang:
a) BB x bb b) Bb x bb v) BB x Bb g) Bb x Bb

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin