Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə20/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

10-masala. Gomozigotali bangidevona o’simliklari quyidagi tartiblarda chatishtirilgan:
1) qizil gulli, ko’saklari tikanli x oq gulli, ko’saklari silliq;
2) qizil gulli, ko’saklari silliq x oq gulli, ko’saklari silliq.
Har ikkala chatishtirishdan olingan F1 o’simliklari o’zaro chatishtirilsa, o’rganilayotgan belgilar bo’yicha keyingi avlodda olingan o’simliklarning genotipi va fenotipi qanday bo’ladi? Ularning nisbatlarini aniqlang.
11-masala. G’o’za o’simligida hosil shoxlarining cheklanmagan tipda bo’lishi (S) cheklangan bo’lishi (s) ustidan va gullarining sariq rangi (U1) och sariq rangi (u1) ustidan to’liq dominantlik qiladi. CHeklanmagan shoxli, sariq gulli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 372 ta o’simlik olingan bo’lib, ularning 88 tasi cheklanmagan shoxli, sariq gulli; 94 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 92 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 98 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo’lgan. Cheklanmagan shoxli, sariq gulli o’simliklar o’zaro chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?
12-masala. Odamlarda ko’zning jigarrang bo’lishi ko’k rangi ustidan va o’ng qo’l bilan ishlashga layoqatlik(o’naqaylik) chap qo’l bilan ishlashga layoqatlik (chapaqaylik) ustidan to’liq dominantlik qiladi.
1) ota-onasi digeterozigotali bo’lgan bolalar ko’z rangi va qaysi qo’l bilan ishlashga layoqatlik bo’yicha qanday fenotipga ega bo’ladi?
2) otasi ko’z rangi bo’yicha geterozigotali va chapaqay, onasi esa ko’k ko’z, lekin ikkinchi belgi bo’yicha geterozigotali bo’lsa, shu oilada tug’ilgan bolalar qanday fenotipga ega bo’ladi?
3) ko’k ko’z va o’naqay yigit, jigarrang ko’z va o’naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita bola tug’ilgan bo’lib, ulardan biri jigarrang ko’z va chapaqay, ikkinchisi esa ko’k ko’z va o’naqay bo’lgan. Ota-ona va bolalarning genotipini aniqlang.
4) ko’k ko’z va o’naqay yigit, jigarrang ko’z va o’naqay qizga uylangan. Bu oilada ikkita farzand tug’ilgan bo’lib, ulardan biri jigarrang ko’zli va chapaqay, ikkinchisi esa ko’k ko’z va o’naqay bo’lgan. Yigit ikkinchi marta boshqa ayol bilan turmush qurgan bo’lib, bu ayolning ko’zi jigarrang, o’zi o’naqay bo’lgan. Nikohdan tug’ilgan 9 ta farzandning hammasi jigarrang ko’zli va o’naqay bo’lgan. Yigitning va ikkinchi ayolning genotipini aniqlang.



Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin