2-masala. Gomozigotali qizil gulli, baland bo’yli no’xat o’simliklari oq gulli, past bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da olingan o’simliklarning genotipini, fenotipini hamda genotipik va fenotipik sinflarning sonini va nisbatini aniqlang. F1 o’simliklari gomozigotali uzun bo’yli, qizil gulli o’simliklar bilan hamda oq gulli, kalta bo’yli o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda genotip va fenotip bo’yicha qanday natija olish mumkin?
3-masala. Qizil, tuksiz mevali pomidor o’simliklari sariq, tukli mevaga ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 98 tasi qizil, tuksiz mevaga; 104 tasi qizil, tukli mevaga; 97 tasi sariq, tuksiz mevaga va 101 tasi sariq, tukli mevaga ega bo’lgan. O’rganilayotgan belgilar bo’yicha chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi? Ularning irsiylanishi haqida nima deyish mumkin?
4-masala. Bangidevonaning qizil gulli, tikansiz ko’sakli o’simliklari oq gulli, tikanli ko’sakka ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 320 tasi qizil gulli, tikanli ko’sakka va 312 tasi qizil gulli va tikansiz ko’sakli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang.
5-masala. CHeklanmagan shoxli, to’q sariq gulli g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli, och sariq gulli o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 27 tasi cheklanmagan shoxli, to’q sariq gulli; 31 tasi cheklanmagan shoxli, och sariq gulli; 29 tasi cheklangan shoxli, sariq gulli va 26 tasi cheklangan shoxli, och sariq gulli bo’lgan. Ota-ona va F1 o’simliklarining genotipini hamda o’rganilayotgan belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini aniqlang.
6-masala. To’q sariq gulli, tuksiz chigitli g’o’za o’simliklari och sariq gulli, chigiti tukli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari to’q sariq gulli, tuksiz chigitli bo’lgan. F2 , FB avlodlarda o’rganilayotgan belgilarning genotipi va fenotipi bo’yicha qanday natijalar olish mumkin?