Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 380,02 Kb.
səhifə19/95
tarix30.09.2023
ölçüsü380,02 Kb.
#150733
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95
Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021-hozir.org

7-masala. Boshog’i qiltanoqsiz va qizil bo’lgan bug’doy o’simliklari boshog’i qiltanoqli va oq rangli bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklar qiltanoqsiz va qizil boshoqli bo’lgan. F2 da esa quyidagicha ajralish ketgan:
159 ta qiltanoqsiz, qizil; 48 ta qiltanoqsiz, oq; 57 ta qiltanoqli, qizil; 16 ta qiltanoqli, oq boshoqli qsimliklar.
O’rganilayotgan belgi qanday irsiylanadi? F2 o’simliklarining necha foizi geterozigotali? Tahliliy chatishtirish o’tkazish uchun F1 o’simliklarini qanday fenotipga ega bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirish kerak?
8-masala. Pomidor o’simligida meva rangi qizil va sariq bo’ladi. Mevasining shakli esa yumaloq va noksimon bo’ladi.Mevaning qizil va yumaloq bo’lishi uning sariq va noksimon bo’lishiga nisbatan dominant belgi hisoblanadi. Har ikkala belgilarni ta’minlovchi genlar boshqa-boshqa xromosomalarda joylashgan.
1) Digeterozigotali qizil va yumaloq mevali pomidor o’simliklari har ikkala belgi bo’yicha retsessiv - sariq va noksimon mevali o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday nisbatda genotipik va fenotipik sinflarga mansub o’simliklar hosil bo’ladi?
2) Xo’jalikda pomidor o’simliklari mevasi yig’ishtirib olinganda, hamma hosilning 36 tonnasi qizil va yumaloq, 12 tonnasi qizil va noksimon bo’lgan. Buning sababini tushuntiring.
Agar xo’jalikda ekilgan o’simliklar o’rganilayotgan belgilar bo’yicha digeterozigotali bo’lgan bo’lsa, hosilning qancha qismi sariq va noksimon bo’lar edi?
9-masala. Bangidevona o’simligida gulining alvon (qizil) rangda bo’lishi (P) oq rangi (p) ustidan, ko’saklarining tikanli bo’lishi (S) silliq bo’lishi (s) ustidan to’liq dominantlik qiladi. Qizil gulli, silliq ko’sakli bangidevona o’simligi oq gulli, tikanli ko’sakka ega o’simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 320 tasi qizil gul, tikanli ko’saklarga va 312 tasi qizil gul, silliq ko’saklarga ega bo’lgan. Chatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan o’simliklarning o’rganilayotgan belgilar bo’yicha genotiplarini aniqlang.

Yüklə 380,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   95




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin