Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə61/113
tarix17.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#55601
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113
Генетика амалий машғулот

1-masala*. Drozofila pashshasida urg’ochi jins gomogametali va erkak jins geterogametali hisoblanadi. Drozofila pashshasida ko’zning qizil bo’lishini ta’minlovchi gen (A) dominant bo’lib, u X xromosomada joylashgan (XA). SHu genning retsessiv alleli – a geni ko’zning oq bo’lishini ta’minlab, u ham X xromosomada joylashgan (Xa). Qizil ko’zli urg’ochi pashshalar qizil ko’zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi qizil ko’zli bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkinmi?

Masalaning yechilishi:

Qizil ko’zli pashshalar XAXA yoki XAXa genotipga ega bo’lishi mumkin. Masalaning shartiga ko’ra qizil ko’zli pashshalar xuddi shunday pashshalar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan pashshalarning hammasi qizil ko’zli bo’lgan. Bunday natijani faqat chatishtirish uchun olingan urg’ochi pashshalarning genotipi XAXA bo’lgan taqdirdagina olish mumkin. Agar ularning genotipi XAXa bo’lganda, keyingi avlodda qizil ko’zli pashshalar bilan birga oq ko’zli pashshalar ham ajralib chiqishi kerak edi:

1) P ♀ qizil X ♂ qizil 2) P ♀ qizil X ♂ qizil

XAXA XAY XAXa XAY

g XA XA, Y g XA, Xa XA, Y

F1 XAXA, XAY F1 XAXA, XAXa, XAY, XaY

qizil qizil qizil qizil qizil oq

CHatishtirish uchun olingan qizil ko’zli pashshalarning genotipini aniq aniqlash mumkin. CHunki, erkak pashshalar geterogametali bo’lgani sababli ularning ko’zi qizil bo’lishi uchun genotipi XAY bo’lishi kerak. Urg’ochi pashshalarning genotipi faqat XAXA bo’lgan taqdirdagina keyingi avlodda ko’z rangi bo’yicha ajralish ketmaydi.


Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin