2-masala*. Makkajo’xori o’simligida donning sariq bo’lishi (A) oq bo’lishi (a) ustidan va donning silliq shakli (B) burishgan shakli (b) ustidan to’liq dominantlik qiladi. A va B genlari bitta xromosomada joylashgan. Ularning retsessiv allellari a va b shu xromosomaning gomologida joylashgan. Sariq, silliq donli o’simliklar oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 va F2 da o’rganilayotgan belgilar bo’yicha qanday genotip va fenotipga ega bo’lgan o’simliklar olish mumkin? F1 o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda olingan o’simliklarning genotip va fenotipi qanday bo’ladi?
Masalaning yechilishi:
1) P ♀ sariq, silliq X ♂ oq, burishgan
A B a b
═══ ═══
A B a b
A B a b
g ─── ───
A B
F1 ═══ - sariq, silliq
a b
2) P ♀ sariq, silliq X ♂ sariq, silliq
A B A B
═══ ═══
a b a b
A B a b A B a b
g ───, ─── ─── , ───
A B A B A B a b
F2 ═══ ═══ ═══ ═══
A B a b a b a b
3 sariq, silliq 1 oq, burishgan
3) P ♀ sariq, silliq X ♂ oq, burishgan
A B a b
═══ ═══
a b a b
A B a b a b
g ───, ─── ───
A B a b
FB ═══ ═══
a b a b
1 sariq, silliq 1 oq, burishgan
Sariq, silliq donli makkajo’xori o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da faqat sariq, silliq donli o’simliklar olinadi. F2 da esa F1 o’simliklari digeterozigotali bo’lishiga qaramasdan 3:1 nisbatda sariq, silliq va oq, burishgan donli ikkita fenotipik sinflarga oid o’simliklar olinadi. Bunga sabab, A va B genlarining bitta xromosomada birikkan holda joylashganligidir. F1 o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, agar A va B genlari orasida krossingover ketmasa, FB da 1:1 nisbatda sariq, silliq va oq, burishgan donli o’simliklar olinadi.
Dostları ilə paylaş: |