Biologiya (turlar bo’yicha) Termiz 2021



Yüklə 0,66 Mb.
səhifə70/113
tarix17.04.2022
ölçüsü0,66 Mb.
#55601
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
Генетика амалий машғулот

3-masala. Sariq, silliq donli makkajo’xori o’simliklari oq, burishgan donli o’simliklar bilan chatishtirilgan. Lekin, duragay chatishtirish o’tkazilishiga qaramay, F2 da olingan o’simliklarning 75 % i sariq, silliq donli va 25 % i oq, burishgan donli bo’lgan. Tajriba takrorlanib, ko’p miqdordagi o’simliklar o’rganilganda ham natija o’zgarmagan. Nima uchun F2 da nazariy jihatdan fenotip bo’yicha 9:3:3:1 nisbatda emas, balki 3:1 nisbatda ajralish ketgan? Sababini tushuntiring.

4-masala. Gomozigotali sariq, burishgan donli makkajo’xori o’simliklari oq, silliq donli o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 o’simliklari sariq, silliq donli bo’lgan, F2 da esa olingan o’simliklarning 1/4 qismi sariq, burishgan; 2/4 qismi sariq, silliq va 1/4 qismi oq, silliq donli bo’lgan, ya’ni F2 da don rangi va shakli bo’yicha 1:2:1 nisbatda ajralish ketgan. F1 duragaylari boshlang’ich har ikki ota-ona o’simliklar bilan qayta chatishtirilsa, olingan o’simliklar don rangi va shakli bo’yicha qanday nisbatga ega bo’ladi? O’rganilayotgan F1, F2, FB, ota-ona o’simliklarining genotipini aniqlang.

5-masala. Pomidor o’simligida shoxlarining uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar birikkan bo’lib, bir xromosomada joylashgan. Selektsioner uzun poyali (N) va yumaloq mevali (R) gomozigota pomidor bilan kalta poyali (h) va noqsimon mevali (r) pomidorni chatishtirib, F1 da 110 ta, F2 da 1200 ta o’simlik yetishtirgan: a) F1 da uzun poyali va yumaloq mevasi qancha. b) F1 da necha xil gameta hosil bo’ladi. v) F2 da necha xil genotipik sinf yuzaga keladi. b) F2 da necha o’simlik kalta poyali noqsimon mevali bo’ladi.

6-masala. Xitoy primulasi gulining ustunchasi va og’izchasi rangini belgilovchi xromosomada joylashgan, Gul ustunchasining qisqaligi (L) dominant, uzunligi (l) retsessiv, ustuncha og’izchasining yashil rangi (Rs) qizil rangi (rs) ustidan dominantlik qiladi. Tajribada ustunchasi qisqa gomozigota, og’izchasi qizil bo’lgan o’simlik uzun ustunchali yashil og’izchali o’simlik bilan chatishtirilib, F1 da 990 ta, F2 da 1000ta duragay olingan: a) F1, da necha xil gameta hosil bo’ladi. b) F2 da nechta o’simlik qisqa ustunchali va yashil og’izchali bo’ladi. v) F2 da necha xil genotip hosil bo’ladi.

7-masala. Drozofila meva pashshasida tananing qora rangi (b), qanotning kaltaligi (vg) retsessiv, tananing kulrangi (b+) va qanotning normallagi (vg+) dominant belgi hisoblanadi. Kulrang tanali normal qanotli gomozigota urg’ochi drozofila, qora tanali, kalta qanotli erkak drozofila bilan chatishtirilgan. F2 dagi drozofilalarning 269 tasi kulrang tanali, normal qanotli 87 tasi qora tanali, kalta qanotli bo’lgan. Ota-onaning F1 va F2 duragaylarning genotipini aniqlang.

8-masala. Odamda katarakta (ko’z gavxarining xiralanishi) va polidaktiliya (olti barmoqlilik) genlari xromosomada bir-biriga yaqin joylashib, krossingover hosil etmaydigan dominant genlarga bog’liq. Ota normal, ona ikki belgi bo’yicha geterozigota va onadagi kamchiliklar faqat ona avlodidan o’tgan bo’lsa, oilada mazkur belgilar bo’yicha qanday farzand kutish mumkin.

9-masala. Hidli no’xat gulining rangli va barg qo’ltig’ida «mo’ylovchalarchalar» bo’lishini ta’minlovchi genlari bir xromosomada joylashgan bo’lib, birikkan holda nasldan-naslga o’tadi. Guli ‚qizil, barg qo’ltigida «mo’ylovchalari» bor (RRTT) formasini guli pushti, barg qo’ltig’ida «mo’ylovchalari» yo’q (rrtt) formasi bilan chatishtirib, 80 ta o’simlik olingan. Ular retsessiv belgili hidli no’xat bilan qayta chatishtirilib, Fb da 1200 ta o’simlik olingan: a) F1, necha xil gameta hosil qiladi. b) Pb o’simliklardan nechtasining guli pushti, nechtasida barg qo’ltig’ida, mo’ylovchalar bo’lmaydi. v) Fb o’smmliklardan nechtasining guli qizil barg qo’ltigida «mo’ylovchalar» bo’ladi

10-masala. Drozofila pashshalarida kulrangni belgilovchi gen (V) qora rang geni (v) ustidan dominantlik qiladi. Normal qanot (W) esa kalta qanotni belgilovchi (w) ustidan dominantlik qiladi. G’1,G’2 va G’v avlodlarning genotipi nisbatlarini aniqlang.

11-masala. Katarakta va polidaktiliya autosom dominant holda irsiylanadi va bitta xromosomada joylashadi. Krossingover hodisasi kuzatilmaydi. Katarakta kasalligini onasidan, polidaktiliyani otasidan olgan ayol sog’lom erkak bilan turmush qurdi, ushbu belgilar bo’yicha hosil bo’ladigan avlodlarni tahlil qiling.

12-masala. Agar ayol kishi ikkala belgi bo’yicha geterozigotali bo’lsa (faqat ayolning onasi ikki belgi bo’yicha kasal otasi esa sog’lom) va sog’lom erkak bilan turmush qursa, bunday nikohdan qanday genotipli farzandlar tug’iladi?

Yüklə 0,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin