1-masala. Daltonizm va kar-soqovlik belgilari retsessiv belgilardir. Daltonizm geni X xromosomada, kar-soqovlik geni autosomada joylashgan. Daltonik va kar-soqov, erkak sog’lom ayolga uylanganda oilada bitta o’g’il daltonik, kar-soqov bitta qiz daltonik, lekin normal eshitadigan bo’lib tug’ilgan. Bu oilada ikkala belgisi bo’yicha ham kasal qiz tug’ilishi mumkinmi?
Masalaning yechilishi: 1) P ♀ normal, X ♂ kar-soqovlik
normal daltonik
Aa XDXd aaXdY
g AXD, AXd aXd, aY
aXD, aXd F1 AaXDXd AaXdXd, aaXDXd aaXdXd
AaXDY AaXdY aaXDY aaXdY
2-masala. Odamlarda ko’z rangi jigarrang (dominant) va ko’k ko’z (retsessiv) bo’ladi. Ko’z rangini ta’min etuvchi genlar autosomada joylashgan. Daltonizmni belgilaydigan retsessiv gen va uning dominant alleli esa X xromosomada joylashgan. Jigarrang ko’zli, ranglarni yaxshi ajrata oladigan ayol (otasi ko’k ko’z va daltonik) ko’k ko’z ranglarni normal ajrata oladigan erkakka turmushga chiqqan. SHu oilada o’rganilayotgan belgilar bo’yicha qanday fenotipga ega bo’lgan farzandlar tug’ilishi mumkin?
3-masala. Tovuqlarda patining olachipor (A) va qora (a) rangda bo’lishini boshqaravchi genlar jinsiy X xromosomada joylashgan. Olachipor tovuq bilan qora tus xo’roz chatishtirilsa, birinchi bo’g’inda olachipor xo’rozlar va qora tus urg’ochi jo’jalar paydo bo’lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo’rozlarning genotipi qanday bo’lgan?
4-masala. Odamlarda gemoflliya kasalligi retsessiv belgi bo’lib, X xromosomada joylashadi. Albinizm kasalligi autosomada retsessiv holda joylashadi. Bu belgilar bo’yicha sog’ bo’lgan ota-onadan albinos va gemoflliya bilan kasallangan o’g’il tug’ildi. Ularning ikkinchi o’g’illari ham shunday patologik belgilar bilan tug’ilish ehtimoli qanday. Ulardan qizlar tug’ilishi mumkinmi?
5-masala. Odamlarda daltonizm kasalligi retsessiv belgi bo’lib X xromosomada joylashadi. Qand kasalligi autosomada retsessiv holda joylashadi. Bu belgilar bo’yicha sog’lom ota-onadan qand va daltonik kasalligi bilan kasallangan o’g’il bola tug’ildi. Ularning ikkinchi o’g’illari ham shunday patologik belgilar bilan tug’ilish ehtimolini toping. Ulardan sog’lom qiz bolalar tug’iladimi?
6-masala. Gipertoniya geni autosomaga bog’liq holda irsiylanadi. Ko’zning optik atrofiyasi esa, retsessiv X Xromosomaga birikkan holda irsiylanadi. Agar ko’zi optic atrofiyali ayol gipertoniya bilan kasallangan erkakka (bu yigitning otasi ham gipertoniya bilan og’rigan bo’lib, onasi sog’lom) turmushga chiqsa, oilada tug’ilgan chaqaloqning yuqorida ko’rsatilgan kasalliklarning ikkisi bilan og’rish ehtimolini aniqlang? Bu oilada sog’lom bolalarning tug’ilish ehtimoli qanday?
7-masala. Katarakta (autosoma bilan irsiylanadigan dominant xili), qoni yaxshi iviydigan ayol, ko’zi normal, lekin gemofilik yigitga turmushga chiqqan edi. Ularda gemofilik o’g’il bola tug’ildi. Bu oiladagi kelgusi farzandlarning sog’lig’i to’g’risida qanday fikr bildirasiz?
8-masala. Tishlarning qoramtir rangi ikkita dominant gen ta’sirida rivojlanadi. Bu genlarning biri autosomada, ikkinchisi X xromosomada joylashgan. Tishlari qora erkak va ayoldan tish rangi normal bo’lgan qiz va o’g’il tug’ildi. Ayol tishini qoramtir rang geni X xromosomada, erkak tishini qoramtir rang geni autosomalarda joylashgan taqdirda, shu oilada keyingi farzandning tish rangini normal bo’lishi imkoniyati qanday? Agar erkak mazkur genlar bo’yicha geterozigota bo’lsa-chiq
9-masala. Quloqda yungi bo’lishi U jinsiy xromosomada joylashgan genga bog’liq. Polidaktiliya geni dominant bo’lib, autosomada joylashgan. Otasi gipertrixoz (quloqda yungi bor), onasi polidaktiliya bo’lgan oilada har ikki belgi bo’yicha normal qiz bola tug’ildi. SHu oilaning keyingi farzandining ikki belgi bo’yicha normal holda bo’lish extimoli qanday?
10-masala. Daltonik va kar yigit bu belgilar bo’yicha sog’ qizga uylandi. Bu oilada kar va daltonik o’g’il va normal eshitadigan daltonik qiz tug’ildi. Odatda kar va daltonik retsessiv belgilar bo’lib, daltonik gen X xromosoma bilan birikkan holda irsiylanadi, kar geni autosomada joylashgan. SHu oilada ikkita belgi bo’yicha kasallangan qiz tug’ilishi mumkinmi?
11-masala. O’naqay, qo’y ko’z, normal ko’radigan qiz, o’naqay, havorang ko’z, daltonik yigitga turmushga chiqib, chapaqay, havorang ko’zli daltonik qiz tug’di. Qo’y ko’z, o’naqaylik belgi dominant bo’lib, alleli autosomada joylashib, bir-biri bilan birikmagan. Daltonizm esa, retsessiv belgi bo’lib, uning alleli X jinsiy xromosomaga birikkan bo’lsa, keyingi farzandni chapaqay, daltonik bo’lib tug’ilishi imkoniyati bor-mi? Uning ko’zi qaysi rangda bo’ladi?
12-masala. Odamlarda ko’z rangi jigarrang (dominant) va ko’k (retsessiv) bo’ladi. Ko’z rangini ta’min etuvchi genlar autosomada joylashgan. Dalьtonizmni belgilaydigan retsessiv gen va uning dominant alleli X xromosomada joylashgan. Jigarrang ko’zli, ranglarni yaxshi ajrata oladigan ayol (otasi ko’k ko’z va dalьtonik), ko’k ko’z, ranglarni normal ajrata oladigan erkakka turmushga chiqqan. SHu oilada o’rganilayotgan belgilar bo’yicha qanday fenotipga ega bo’lgan farzandlar tug’ilishi mumkin?
13-masala. Alьbinizm (terida pigmentning bo’lmasligi) retsessiv belgi bo’lib, uni ta’min etuvchi gen va uning dominant alleli autosomada joylashgan. Gemofiliya kasalligini keltirib chiqaruvchi gen va uning dominant alleli esa jinsiy xromosomada joylashgan. Erkak kishi alьbinos, gemofilik bo’lishi mumkinmi?
14-masala. Otasi ko’k ko’z, dalьtonik bo’lgan jigarrang ko’z ayol ko’k ko’z, ranglarni normal ajrata oladigan kishiga turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo’yicha qanday farzandlar tug’ilish ehtimoli bor?
15-masala. Dalьtonik va qon gruppasi AB bo’lgan erkak ranglarni normal ajratuvchi va I qon gruppali ayol bilan turmush qurgan. Ayolning otasi dalьtonik va A qon gruppasiga ega. Bu oilada ikkita bola tug’ilgan: ranglarni normal ajratuvchi va A qon gruppasiga ega qiz hamda ranglarni normal ajratuvchi va B qon gruppali o’g’il bola. Bu oilaning shajarasini tuzib, barcha oila a’zolarining genotipini ko’rsating. Dalьtonik farzandlarning tug’ilish ehtimoli qanday? Bolalar ota-onasining qon gruppasiga ega bo’ladimi?